Microsoft Word ihyo ulimdan sung ziyouz com doc



Yüklə 256,61 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/54
tarix27.04.2023
ölçüsü256,61 Kb.
#103860
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   54
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. O\'limdan keyin...

www.ziyouz.com kutubxonasi 
32
Muhammad ibn Ka’b deydi: «Jahannam ahlining beshta so‘rovi bor, Alloh ulardan 
to‘rttasiga javob beradi. Be-shinchi so‘rovlaridan keyin ular abadiy gapirmaydilar: 
1) «Ular dedilar: «Parnardigoro, Sen bizlarni ikki bor o‘ldirding va ikki bor tiriltirding 
(ya’ni, avval ona qornida o‘lik-jonsiz holda yaratib, so‘ngra O’zing bizlarga jonhayot ato 
etding. Keyin, ajalimiz yetganida O’zing jonimizni olib-o‘ldirib, Qiyomat kunida yana 
tiriltirding). Bas, bizlar (Hayoti dunyoda qilib o‘tgan barcha) gunohlarimizni e’tirof etdik. 
Endi (bu do‘zax azobidan chiqishning biron yo‘li bormi?» (G’ofir,11-oyat). 
Alloh taolo ularga javob beradi: 
«(Yo‘q, sizlar mana shu azobda mangu qolursizlar). Bunga sabab, qachon (sizlarni) 
yolg‘iz Allohgagina (ibodat qilishga) da’vat qilinganida, kofir bo‘lib, bo‘yin-sunmay, agar 
U Zotga shirk keltirilsa (ya’ni sizlardan kimdir turli butsanamlarga sig‘inishga 
chorlaganida, iymon keltirishlaringizdir» (G’ofir, 12-oyat). 
2) keyin aytishadi: 
«Parvardigoro (va’dang rost ekanini), ko‘rdik va eshitdik, bas, bizlarni (hayotga) 
qaytargin, bizlar yaxshi amal qilaylik. Endi bizlar (Qiyomat haq ekaniga) shak-shubhasiz 
ishonguvchidirmiz» (Sajda, 12-oyat). Alloh taolo ularga javob beradi: 
«... (Qiyomatda) zolim kimsalar: «Parvardigoro, bizlarga ozgina iuhlat bergan (ya’ni, 
bizlarni dunyoga qaytarib, ozgina hayot bergin, albatta) Sening da’vatingni qabul 
qilurmiz va payg‘ambarlarishta ergashurmiz» deydilar. (Shunda ularga javob qilinur) : 
«Ilgari (hayot paytlaringizda) hech qachon zavolga yuz tutmasligingiz (ya’ni hech 
qachod o‘lmasligingiz va Oxirat jazosiga du-chor bo‘lmasligingiz) haqida qasam 
ichmagan edingizlarmi?!» (Ibrohim, 44-oyat). 
3) jahannam ahli deydi: 
«...Parvardigoro, bizlarni (bu azobdan) chiqargin, biz lar qilib o‘tgan amallarimizdan 
boshqa yaxshш (amallar ) qilurmiz» deb dod-voy qilurlar...» (Fotir, 37-oyat). 
Alloh taolo deydi:«...Axir Biz sizlarga eslatma oladigan kishi eslatma olgudek 

Yüklə 256,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin