Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. O\'limdan keyin...
www.ziyouz.com kutubxonasi
26
lulloh sollallohu alayhi va sallam» (Termiziy rivoyati).
Bu hadisni eshitgan Umar ibn Abdulaziz shunday degandi:«Allohg‘a qasamki, men
o‘ziga to‘q ayollarga uylandim, Abdulmalikning qizi Fotimani nikohimga oldim. Menga
dunyoning barcha eshiklari ochiq. Demak, men Kavsar labiga avval borguvchilardan
emasman. Fakat Alloh menga rahm kilsagina, u safda bo‘lishim mumkin. Shubhasiz,
endi to sochim changlarga belanib, paxmoq bo‘lib ketmaguncha boshimga xushbo‘y
narsalar surmayman. To kirlanib ketmaguncha eg-nimdagi kiyimni yuvmayman».
Abu Zardan shunday rivoyat qilinadi:«Payg‘ambar alayhissalomdan Hovuzning
idishlari haqida so‘radim, dedilar:-«Muhammadning joni Uniki bo‘lgan Zotga qasamki,
(Havzi Kavsar) idishlarining soni bulutsiz, yop-yorug‘ osmonda porlagan yulduzlardan
ham ko‘proqdir. Undan ichgan odam chanqamaydi. Xovuzga suv kuyadigan oxirgi ikki
tarnovning boshi jannatda. Xovuzning uzunligi eni bilan barobar bo‘lib, u Ammon bilan
Iyla orasidagi masofaga teng. Hovuzning suvi sutdan ok, asaldan shirindir» (Muslim
rivoyati).
Sumradan Rasulullohning shunday deganlari rivoyat qilinadi: «Har bir
payg‘ambarning o‘z hovuzi bor. Ular hovuz bo‘yida ummatining ko‘pligi bilan
faxrlanishadi. Albatta men umid qilamanki, hovuz bo‘yida mening umma-tim ko‘p
bo‘ladi» (Termiziy rivoyati).
Bu Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning umidlari. Allohning habibi,
Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom ummatidan shunchalik umidvor bo‘lsa, biz
nega hovuz bo‘yiga keluvchilar jumlasidan bo‘lishni umid kilmaylik! Lekin o‘zni umid
qiluvchilar jumlasiga ko‘shib, aslida kuruk orzu-xayollarga aldanuvchilardan bo‘lib
qolishdan Alloh asrasin.
Xosildan umidvor kishi yerni yumshatib tekislaydi, yerga urug‘ sochib, keyin uni
sug‘oradi. So‘ngra ekinlarning yerdan unib chikshdini, to yig‘im-terim paytigacha hosilni
har qanday ofatlardan omon saqlashini Allohning fazlidan umid qiladi. Kimki yerni
haydab yumshatishni, urug‘ sochib, unga suv ochishni tark etsa-yu, ekinlarning
boshoklashini, daraxtlarshshg gullab, meva tugishini Allohdan umid qilsa, u Allohning
fazlini umid qiluvchilar jumlasidan emas, balki orzu-xayollarga aldangan kimsadir.
Afsuski, aksar kishilarning umidi g‘urur (aldanish) va g‘aflatdan boshqa narsa emas.
Umid etilgan shpning tadbirini qilmasdan faqat Allohning fazlini kutish dunyoga
aldanishdan xatarliroqdir.