www.ziyouz.com kutubxonasi
33
olmasalar, darhol mashvarat o’tkazar edilar.
-Bu masala yuzasidan darhol munozara, muzokara qilishni o’zimga ma’qul ko’rar edim, - deydilar,-
zero, har bir ilm sohibidan ko’ra biluvchiroq bor,- deb Alloh taolo o’z Kalomi majidida ogohlantiradi.
Vaholanki, muzokaraning va o’zaro fikr almashishning foydasi yolg’iz takrorlashdan ko’ra ko’p va
afzalro-kdir. Chunki, fikr almashish, munozara yuritishda saboqni takrorlab olish, ba’zi nozik
tomonlariga e’tibor berish, ahamiyat qilinmagan o’rinlari ko’rinib uni egallab olish mumkin bo’ladi.
Bu bilan ilm ziyoda va pishiq bo’ladi. Shuningdek, bilganini tili bilan izhor qilish, keyinchalik ilmiy
suhbat o’tkazish iste’dodini rivojlantirish kabi xislatlari ham kamol topadi.
Donishmandlarimiz aytibdilar:
-Bir soat fikr almashib, muzokara o’tkazish bir oy takrordan xayrlirokdir.
Muzokaraning sharti sherikni insofli, yaxshi niyat-li, xulqu tabiati mustaqim, to’g’ri va sog’lom
bo’lishidir.
Sen qaysar, haqni qabul qilmaydigan, irodasiz, xu-lqi mustaqim bo’lmagan, mulohazasi tez
o’zgaradigan, hujjatsiz o’z fikrini g’olib qilish, tan oldirishga harakat qiladigan kishilar bilan bahs
bog’lamagin! Bunday kishilardan uzoq bo’l!
Qozonga yaqin yursang qorasi yuqar!- deganlaridek, bu noshoista xislatlar senga ham o’tishi mumkin.
In-son tabiati zaif, shikasta va o’zgaruvchan, har tomonga moyil bo’luvchi bir tabiatdir, Shuning uchun
ham, uni bundaylarning ta’siridan ehtiyot qilish kerak.
Hazrat Halil bin Ahmad (a.r.)ning yuqorida zikr etilgan so’zlarida ham juda ko’p foydali o’gitlar bor.
Ilm o’zi ulug’ va g’oyat mo’’tabardir. Mashoyixlarimiz aytdilar:
kim ilmga xizmat qilsa, ilm unga barchani xizmat-chi qilib qo’yadi.
Haqiqatda esa, bu ilm shartlaridan biridir,
Тolibi ilmning yana bir zaruriy vazifalaridan biri, ilmning nozik, ahamiyat talab o’rinlarini doim
o’ylab, fikr yuritishni odatlanishidir. Zero, mana shunda unga erishish mumkin bo’ladi. Shuninguchun
ham, o’yla erishasan, idrok qilasan!- deganlar.
Avval o’yla, keyin so’yla,- deganlaridek, har vaqt ga-pirishdan oldin uning oqibatini yaxshilab
mulohaza qilish kerak bo’ladi.
Тoki, gap to’g’ri va ma’noli bo’lsin, gap o’rinsiz, bekor va hijolat
qiladigan bo’lmasin. Janob payg’ambarimiz (s.a.v.):
-Uzr aytib, hijolat bo’lishingga sabab bo’ladigan so’zni gapirma!- deb, har bir so’zni e’tibor bilan ga-
pirishga buyuradilar.
Aytilgan so’z esa otilgan o’q, boshqa narsalar kabi qaytarib bo’lmaydi. Shuning uchun bu xikmatlarga
faqat amal qilinsa kifoyadir. Fikh olimlari usul kitoblarida bu qoidani asos va eng katta asldir, -
debdilar. U ham bo’lsa, olim so’zini munozara va muzokaralar hamda boshqa vaqtlarda yaxshilab
o’ylab, o’lchab-tortib gapirishligyni zarurligidir.
Ulug’ donishmandlar: «Aqlning asosi va manbasi gapni sobitligi hamda uni tafakkur bilan
aytilmog’idir»,- deganlar. «Agar maslahat qiluvchini o’z tug’ishgan akangdek qabul qilsang va
so’zlarini jon deb qabul qilib, unga amal qilsang, mening bu so’zlarimga ham e’tibor ber!- deb bir
Ilm olish sirlari. Imom Zarnujiy
Dostları ilə paylaş: |