Ustoz, shayxul islom Burhoniddin Marg’inoniy (a.r.) saboq boshlashni har vaqt chorshanba kuniga
Ilm olish sirlari. Imom Zarnujiy
www.ziyouz.com kutubxonasi
31
Bu muborak hadisda, haftaning uchinchi kuni boshlangan amallar oxiriga yetkazilishi
bilan xosiyatli
ekanini bildirdilar. Ulug’ustoz, hazrati Imom A’zam Abu Hanifa (a.r.) ham ommaviy ravishda shunday
qilar, va bu hadisi sharifni jalolatlik ustozlari, shayxul islom Qavvomuddin, hazrati Ahmad ibn
Abdurashiddan rivoyat qilar edilar.
Ishonchli manbalarga qaraganda, shayxul mashoyix, hazrati Yusuf Hamadoniy a.r. yaxshi amallarning
har birini, albatta chorshanba kuni qilar edilar. Buning sababi shuki, bu nur yaratilgan kundir. Bu kun
kofirlar sha’niga naxs bosgan kun hisoblanadi. Mo’’minlarga esa, fazilatlik va barakotlik kun
hisoblanadi.
Imom A’zam Abu Hanifa (a.r.) hazratlari saboqning mikdori to’g’risida ustozyaari, shayxul islom,
buyuk imom.Umar ibn Abu Bakr az-Zamaxshariy (a.r.) hazratlaridan hikoya qiladilar: saboqni yod
olishga imkon beradigan, ikki martaba takror qilib olishi mumkin bo’ladigan mikdorda ola boshlasa,
uni puxta o’zlashtirishga erishadi. Demak, sa-boqni mikdori yod olishiga yetarli, taqrorlab olishiga
kifoyali bo’lmog’i kerak. So’ng yengillik va yumshoqlik bilan darajamadaraja ziyoda qilib boradi.
Hatto darsi qanchalik ko’p bulsa ham, uni yod olishi va ikki mar-taba takror qilishi mumkin bo’lsin,-
deb men o’tgan ma-shoyixlardan eshitgan edim», - deydilar.
Ammo saboq ko’p dars olish bilan boshlansa, har dar-sni o’n martaba takrorlashga imkon bo’lishi
kerak. Har vaqt dars tayyorlash avvalida ham oxirida ham o’n mar-tadan
takrorlashga odat qilsa,
keyinroq bu yaxshi odatni katta bir mashaqqat bilan tark etishi mumkin.
Ba’zi mashoyixlar aytadilar:
-Bir harf saboq olasan,
Uni ming takror qilasan.
Тolibning fahmi yetadigan, anglab olishiga yaqin, yengilroq bo’lgan saboqdan boshlash kerak bo’ladi.
-Agar o’tgan mashoyixlarning uslublarini ko’llab dars berilsa, menimcha, eng to’g’ri yo’l va
foydaliroq bo’lur edi,- degan ekanlar shayxul islom, buyuk imom, Sharafuddin, alloma, ustoz al-
Uqayliy (a.r.) hazratlari,- chunki, ular ta’limni boshlovchiga kichikkichik, keng yoritilgan manbalarni
ixtiyor qilganlar. Zero, bu yod olishga, tushunib olishga ham yengil va qulay bo’lib, malol va og’ir
kelishdan uzoqdir.
Dars o’zlashtirib, pishiqtakrorlagandan keyin, yangi saboqni ulab ketmog’i shartdir. Darsni uzib
qo’yishdan saqlanishi zarur.
Тalaba daftariga o’zi tushunmaydigan narsani zinhor yozmasin! Chunki, bu toliqishni, keyinroqesa,
erinchoqlikni keltiradi. Zehnni ketkazadi va vaqtni zoye o’tmog’iga sabab bo’ladi.
Тolib saboq va takrorlash vaqtida har bir narsani yaxshi tushunib olishga jiddiy harakat qilishi kerak.
Ayniqsa, ustozdan ta’lim
olayotganda, chuqur o’y bilan fikr yuritib, mulohaza qilib bilib olishga
tirishishi kerak bo’ladi. Zero, saboq oz bo’lib, uni takrori, tafakkuri va fahmi ko’paysa, u idrok
qilinadi.
Ulug’ donishmandlar aytdilar:
-Ikki harfni yod olish ikki og’ir masalani tinglashdan xayrliroq, ikki harfni
tushunib olish ikkita idrok