www.ziyouz.com kutubxonasi
36
Ushbu muborak hadisni bir oz o’ylab ko’rilsa, jano-bimiz aqlni faqat yaxshilik, ya’ni Allohni tanish,
shariat ahkomlarini bilishga qaratilishi kerakligiga ishora qilganlari topiladi. Yana bir hadisi sharifda:
kim nafsini bilsa, o’zligini tanisa, u Parvardi-gorini tanibdi, - deb marhamat qilganlar. har kim o’ziga
«Nima edim? Endi nima bo’ldim? Keyin nima bo’laman?»- deb savol berib borsa, ruhini kamol topi-
shiga yo’l ko’rsatgan bo’ladi. Shundan, ustoz va boshqa ahli ilmlar hamda o’z joyini topishi zarur
ekan.
Rivoyat qilishlaricha, hazrati Ali (karramallohu vajhahul karim) xalifalik davrlarida katta jamoat ichida
bir masalani yechib bergan ekanlar. Shunda bir arab o’z odatlariga ko’ra, hazrati Alini maqtab, naslu
nasablarini iftixor bilan tilga oldi. Hazrati Ali bu muhtaram zotni maqtovdan to’xtatib:
-Azizim! Siz meni avvalimni va oxirimni bilasizmi? Nimani bunchalik maqgayotganingizni
bilasizmi?- deb so’radilar. Haligi kishi javobga qiynalib qoldi. Shunda hazrati Ali o’zlari javob
berdilar:
-Mening avvalim, badan yoki biron joyga tegsa benamoz qiladigan, nutfa, obi maniydir. Oxirim esa,
sassiq, chirik, qurt-qumursqalar yeb bitkazadigan jiy-fa, o’limtikdir. Buning orasida esa, bu jasad ahlat
tashuvchi hammoldir. Mana mening bor haqiqatim, sen esa nimalar deyapsan?!
Ulug’larning kamtarligiga tan beraylik, o’rnak olay-lik!
Тoki, Allohim bizga ham oxiratda bular bilan
birga bo’lishni nasib etsin. Imom G’azzoliy (a.r.) «Yusuf (a.s.)» surasining tafsirida hazrati Yusuf va
Zulayho o’rtasida kechgan ushbu voqeani yod etganlar:
Zulayho muhabbatini, hazrati Yusufni juda-juda yoqtirishini izhor qiladi. Yusuf hazratlari uni har
qancha qaytarsalar ham, Zulayho:
-Menga sening so’zlaring, go’zalliging, umuman bor-lig’ing, sening muattar hidlaring yoqadi,- deb
holi joniga qo’ymaydi.
Mana shunda hazrati Yusuf uning har bir yaxshi ko’ra-man, degan so’zlariga javob qilib:
-Agar mening haqiqiy hidimni bilmoqchi bo’lsang, uch kundan keyin qabrimga kir. Mana shu mening
haqiqiy hidim bo’ladi, deb aytgan ekanlar.
Albatta, bu to’g’rida fikr yuritib, kibru havoga yuzlanuvchi nafsimizni o’ldirishga harakat qilaylik.
Yeb-ichib,
Хudoni hayot degan ne’matidan bahra olib, uni shukrini qila olayapmizmi, tahsili ilm va
ibodatlarimiz bunga kifoyami? Munosib javob topish, inshaa-alloh, o’z ixtiyorimizda.
Agar aql raso bo’lsa, inson o’z nafsini bilsa, Alloh taoloning qudratini, ulug’ligini biladi. Allohni
taniydi. Shunday ekan, u aslo ojiz va notavon nafsiga, ayniqsa, aqliga suyanmaydi. Balki, ishlarini
Allohning o’ziga tavakkul qiladi, o’zini ham Yaratgani dargo-higa topshiradi. Alloh taolo o’z kalomi
majidida:
Kim Allohga tavakkul, topshirsa, ya’ni unga ishlarini tafviz qilsa, Allohning o’zi unga kifoyadir.
Maqsadlarini ziyodasi bilan beradi,- deb va’da qilgan.
Ey, inson! Alloh mol-dunyo bilan siylagan bo’lsa, o’z hurmatingni poymol qilib, baxillik qilma!
Molingni yaxshi joylarga ishlatishdan qizg’anib o’tirma!
Тalaba baxillikdan, qizg’anchiqlikdan
saqlanmog’i va panoh ti-lamog’i kerak bo’ladi.
Janob payg’ambarimiz (s.a.v.): «Baxillikdan ko’ra og’irroq qaysi dard bor ekan», - deb baxillikdan
Ilm olish sirlari. Imom Zarnujiy
Dostları ilə paylaş: |