2-FASL. ILM OLISHDA NIYA
Т QILISH ТO’G’RISIDA
Har bir amalning ro’yobga chiqmog’ida niyatning ahamiyati katta. Janob Rasululloh (s.a.v.)ning:
«Innamal a’molu binniyati», ya’ni, amallarning ajru savobi ni-yatga qarab bo’ladi,- degan muborak
xadislarida, niyat jami holatlarimizga asos ekaniga ishora bordir. Mazkur hadis sahih (ishonchli)
hadislardan bo’lib, uni Imom Buxoriy rivoyat qilganlar. Yana Janob payg’ambarimiz (s.a.v.)dan
rivoyat qilingan hadisi sharifda:
-Qancha dunyo amali suratida bo’lgan amallar bor, ular niyatning yaxshiligi, to’g’riligidan oxirat
amaliga aylanadi. Ya’ni, inson niyatining yaxshiligidan dunyo amali uchun ham savob va mukofot
oladi. Qancha oxirat amallari bor, niyatning yomon va noto’g’riligidan dunyo ama-liga aylanadi. Yani,
nodurust niyat insonni ibodatlari savbidan mahrum hamda benasib etadi» - deb, niyatga qat’iy
ahamiyat berish kerakligini bildirdilar. Demak, amalimiz qanday bo’lsa ham, u dunyoviy yoki uxoviy
bo’lsin, niyatimizga bog’liq ekan.
Istagan kishi ham birinchi navbatda niyatini yaxshi qilmog’i kerak. Avvalo, ilm hosil qilish bilan inson
Alloh taoloning roziligi, oxirat saodatini maqsad qilishi lozim. Shu bilan o’zining va boshqalarning
johilligini va ilmsizligini ketkazishni, dinga hayot baxsh etishni, shariat ahkomlarini qoim maqom etib,
Ilm olish sirlari. Imom Zarnujiy
Dostları ilə paylaş: |