www.ziyouz.com kutubxonasi
13
bo’lsang, cho’g’ni alangalatmay, maqsadga yetkazmay uni o’chiradi.
Хulosa shuki, qozonga yaqin yursang qarosi yuqar deb, tanlangan sherik qanchalik izlanuvchan,
tirishqoq va odo-bu axloqi hush bo’lsa hamda taqvoyu parhezda yo’lboshchi bo’lishi ayni muddaodir.
Shubhasiz, bu kabi fazilat-li sifatlarni sherik va yaqinida yurganlarga ham yuqtirishi, xulqlantirishi
mumkin. Shunday qilib, o’ziga ham, o’zgaga ham naf beradigan ilm hosil qilishiga asosiy omil bo’ladi.
Kimniki aylay der esang mahraming,
Ko’p sinamay aylamagil hamdaming.
Janob paygambarimiz (s.a.v.):
-Har bir go’dak islom fitratida tavallud topadi. Biroq uni yahudiy qiladigan ham, nasroniy qiladigan
ham, majusiy qiladigan ham ota-onasidir,- deb tarbiyaning nozik tamonlariga ishora qilyaptilar.
Ushbu purhikmat so’zlarni zohiriy ma’nosiga qarab, yaxudiy farzandlarini yaxudiy qilib, nasroniy
nasroniy xristian qilib, majusotashparast bolalarini o’tga talpinuvchi qilib tarbiya qilar ekanlar, deyish
mumkin.
Ammo uni boshqa tomondan tahlil qilsak, musulmonga
Тangri taalo fazli bilan ne’mat va omonat qilib
farzand beradi. Noshukrlik va beparvolik ko’chasiga kirib, bolaning tarbiyasiga qaramasa, uni ilmli,
xunarli qilmasa, dinini, shariatini o’rgatmasa, axloq-odob bermasa, kelajakda bu farzatsd yaxshilik,
yomonlik, to’fiegrining, haq va nohaqning farqiga bormaslikda yaxudiy va nasroniy xatto majusiydan
ham farq qilmay qoladi, deb janob Rasululloh (s.a.v.) tanbeh beradilar.
Muallif r.h.ning ta’biri bilan aytganda, ota-ona bolaga qanchalik yaqin bo’lib, ijobiy ta’sirlarini
o’tkazganlari kabi, sheriklar ham, bir-birlariga ta’sirlarini o’tkaza biladilar. Fors tilidagi quyidagi
hikmat ham bu fikrlarni tasdiqlaydi:
Yori bad badtar buvad az mori bad,
Bahaqqi zoti pok Allohus somad.
Yori bad orad tu ro sivoye jahim!
Yori neku gir, toyobi na’im!
Hayovu adab birla tuzgil maosh,
Yana ayla ta’zimu hurmatni fosh!
Ne el yori bo’lsang, alar rangi bo’l,
Nechuk bor esang, tutqil ul sari yo’l!
Yomon do’st, xulqu maqsadlari g’arazlik hamroh zahri qattol ilondan ham yomonroqdir.
Beniyoz, behojatlik Allohning pok zotiga qasam ichamanki, Yomon do’st seni jahannamdan boshqa
joyga olib bormas. Haqiqiy yaxshi do’st ihtiyor qilgilki,
Тo u birla ne’matlarga, jannati na’imga
yetgaysan!
Yerda qaicha bordur karomat,
Bilmog’ingga kerak farosat.
Yakto ulug’lig’in ayla nazorat,
Kamtar kamoliga topgil ibrat.
Ilm olish sirlari. Imom Zarnujiy
Dostları ilə paylaş: |