www.ziyouz.com kutubxonasi
9
3-FASL ILM, US
ТOZ VA SHERIK ТANLASH VA BU ISHDA MUSТAHKAM BO’LISH
HAQIDA
Тalaba ilm va kasbni dunyo va oxiratga foydasi ko’prog’ini tanlashi kerak. Ilmda tavhid ilmi va
aqidani birinchi navbatda o’rganadi.
Тavhid ilmi imon va e’tiqod masalalarini ilmiy, asosli dalillar bilan talaba o’rganishi shart. Zero,
muqallid, ya’ni ota-ajdodlariga ergashuvchining imoni durust bo’lsa ham, dalil va hujjatni tark etgani
uchun qattiq gunohkor bo’ladi.
Allohning vahdoniyatini Qur’oni karim va ahodisi nabaviyaga asoslanib bilib olmoqligi hamda uni
zarur o’rinda keltira olishga tirishishi kerak.
Aqida masalarini qadimgilarini, ya’ni janob payg’ambarimiz va sahobai kiromlar davri
saodatidagilarini tanlashi lozim. Yangi paydo bo’lganlarini tanlamaydi, chunki keyin chiqqan narsalar
Qur’onu-hadisga xilof bo’ladi. So’fiy Allohyor (r.h.): Mahkam tutgin jamoat e’tiqodin, Narisolgin
muxolif ijtihodin! - deb keyingi paydo bo’lgan aqidaviy masalalar, suluklar zalolatga boshlaydigan
yo’l ekanini bildiradilar. Sapaf ulamolar ham:
-O’zingizga atiq, eski ya’ni, aslga yaqin vaqtda mav-jud bo’lgan ilmlarni oling. Ayniqsa, aqida ilmini
sofini tanlab oling. Yangi paydo bo’lganlaridan saqlaninglar,- deganlar.
Sen ham keyin paydo bo’lgan ixtilof va janjalga sabab bo’ladigan aqida masalalaridan uzoq bo’l va bu
ish bilan shug’ullanishdan tiyilgin!
Chunki, bu nizolarninghammasi buyuk zotlarning in-qiroz va halokatlaridan so’ng zohir bo’lgan. Bu
talabani ilm hosil qilish, fiqh asoslarini o’zlashtirishdan chalg’itadi, umrini zoye o’tishiga sabab
bo’ladi. Qal-bda dushmanlik tug’diradi. Vaholanki, bu kabi ishlar qiyomat kuni yaqin qolganining
alomatlaridan bo’lib, ilm ko’tarilgani, fiqhning qadrsizlanganini bildiradi. Ushbu ma’nolarning
hammasi hadisi sharifda vorid bo’lgan.
Ammo ustoz tanlashda asosan kuyidagilarga ahamiyat qilish kerak:
-Olimroqbo’lgan;
-Parhezkor va taqvodorroq bo’lgan;
-Yoshi ulug’roq va ko’p tajribali ahli ilmni ustoz-likka ixtiyor qilmog’i kerak.
Shu shartlar asosida imom Abu Hanifa (r.h.) hazratlari o’z ustozlari Hammod ibn Sulaymon janoblarini
ko’p fikr va taammul yuritganlaridan keyin tanlagan ekanlar. Bu havda Imom A’zamning o’zlari:
-Men u kishini ulug’, mo’ysafid, salobatu viqorlik, yumshoq ko’ngil, hushmuomala, sabru matonatli
ko’rdim,-deb eslaydilar,- shuning uchun ul zotning huzurlarida qoldim, mustahkam vasobitturdim.
Natijada ustozimning fayzu barokotlari bilan o’sdim, yetuklik pilla-poyalarida ildam qadam tashladim.
Haqiqatan ham, bu zot yetuk, komil va ulug’ inson edilar.
Samarqandlik donishmand:
-Menga bir yigit ilm olish haqida mashvarat soldi. Buxoroi sharifda ilm olishni azim qilganini,
boshqalarning ham fikrlarini bilish niyati borligini izhor qildi.
Ilm olish sirlari. Imom Zarnujiy
Dostları ilə paylaş: |