www.ziyouz.com kutubxonasi
12
Nafsu havoyim meni yo’ldan urdi
Sharmandalar anhoriga tuban surdi.
Yuzim qaro qildi, ilgimda shay yo’q,
Hay huzurida dilimda hayo, sa’y yo’q.
Do’stim aytdi, buning davosi bordir,
Nafsu havo kushandai g’avg’osi dordir.
Osib bergin orom dardmandalarga,
Ibrat bo’lsin uchun sharmandalarga.
Havoi nafsga qarshi kurash emas oson,
Matonatu bardoshni mahkam tutsin inson.
Haqiqat shuki, nafsu havo yo’li xorlik va sharmanda-lik yo’lidir. Agar bilsang, nafsu havoni dorga
osadigan amal, uni xor va sharmanda yana ham sharmanda qiladigan joyi amaldir. Bu oson emas, kim
nafsiga qarshi kurashar ekan, unga ko’p musibat va imtihonlar yog’ila boshlaydi.
Albatta sabr va qanoatni kasb qilsin.
Donishmandlar: Orzu umidlarga erishish qop-qop mehnat va imtihonlar ustidadir.
Quyidagi hikmatni hazrat Ali (r.a) aytganlar:
Ogoh bo’lkim, ilm va uning fayzu ravnaqi olti narsaga rioya qilinganda hosil bo’ladi. Ularning
barchasini bayon etay:
Zakovat - ziyraklik, ilmga chanqoqlik, sabru-qanoatla yetuklik - kifoyatlik, ustoz irshodi yo’llanmasi,
hamda uzoq vaqt darkor.
Sherik, hamxona tanlashda tirishqoq, jiddiy, parhezlik, taqvodor hamda mustahkam irodali, xulqi
mustaqim o’zgarmaydigang va fahm-farosatli, tushunadigan va tushuntira oladigan kishini ixtiyor
qilish lozim.
Тa-biiyki, dangasa, e’tiqodi sust, sergap, buzg’unchi va fitnachilik xislati bor kishidan
uzoklashishi kerak.
Hikmatlarda: Kishining kim va qanday ekanini o’zidan so’rama! Balki uning yaqinlariga, do’stlariga
qara! Aql bilan nazar qil! Chunki inson do’stlariga ergashadi. - Kimki, tilasang bilay, maqolin angla,
Aslin desang anglayin, fiolin angla. Kirdikorig’a boqib asl holin angla, Aslig’a dalil aning hisolin
angla.
Ular yomon va noshoista fe’lu xulqlik bo’lsalar, zud-lik bilan ulardan uzoqlash. Agar yaxshi va ijobiy
fe’-llik bo’lsalar, ular bilan do’stlash. Samimiy munosa-batlar o’rnat. Shunda to’g’ri yo’l topasan,
hidoyatga erishasan. She’r:
Yaxshi libos tanga oroyish,
Yaxshi ko’ldosh jonga oroyish.
Kishi aybing desa, dam urmag’ilkim, ul erur ko’zgu,
Chu ko’zgu tiyra bo’ldi, o’zga aybing zohir aylarmu?!
Har qanday holda bo’lsangda, dangasa bilan do’stlash-ma, hamsuhbat bo’lma! Qancha solih, yaxshi
insonlar bor ediki, ular sheriklarining buzg’unchiligi, yomonligi bilan buzildilar, yomon otliqqa
aylandilar. O’zini qattiqqo’l qilib ko’rsatadigan va bezbet kishi dushmanimdir. U kul ichiga qo’yilgan
cho’g’ kabidir, kul esa cho’g’ning o’chib qolishiga sabab bo’ladi. Ya’ni, sen ham bir cho’g’ misoli
Ilm olish sirlari. Imom Zarnujiy
Dostları ilə paylaş: |