www.ziyouz.com kutubxonasi
10
Хuddi shunday har bir ishda maslahat solish, fikr almashish shartdir. Alloh taalo Kalomi majidida
janob payg’ambarimiz (s.a.v.)ni mashvarat va maslahat bilan o’zaro kengashib ish yuritishga buyuradi.
«Sho’ro» surasining oyatlarida mo’minlarning axloqi hamidalarini vasf etib: «Ularning ishlari o’zaro
kengashdir»,- degan.
Shuninguchun, janob Rasululloh (s.a.v.) xattouy yumushlarini ham ashobi kiromlar bilan
maslahatlashib hal qilar edilar. hazrat Ali (r.a.):
kishi maslahat"so’rab halok bo’lgan emas,- deganlar. Dono xalqimiz: «Kengashli to’y tarqamas»,- deb
bejiz aytmagan.
Kengash, o’zaro maslahat bilan qilingan ish puxta va pishiq bo’ladi. Oqibati nazardan o’tkazilib, ziyon
va zarardan saqlanish hamda imkon qadar foydali va sermahsul bo’lib ro’yobga chiqishi ta’minlanadi.
Donishmandlar kishilarni uch toifaga taqsimlaganlar: biri butun va to’liq kishi, yana biri yarim kishi va
oxirgisi esa hech narsa bo’lmagan kishi.
Birinchisi, qadri butun kishining to’g’ri fikri, o’z mulohazasi bor. Shunday bo’lsa ham, albatta
maslahatlashib ish qiladi.
Ammo, ikkinchi toifalar yuqoridagi foydali sifatlarning biridan mahrum kishilardir. Fikri bo’lsa,
maslahatlashmaydi yoki aksincha, boshqalarning mulo-hazalari bilan qiziqmaydi. Fikri ham tez va
yeson o’zgaradigan bo’ladi. Har kimning maslahati ma’qul kelaveradi. Ya’ni qay ishda unga foyda
borligini o’zi yaxshi bilmaydi. Yoki foydasini zararga aylantirib qo’yadi, o’zboshimchalik qiladi va
hakozo.
Ammo uchinchi toifa, qadrsiz kishilarda o’z fikri, mulohazasi bo’lmaydi. Shu bilan birga maslahatlash-
maydi, boshqalarning fikrlariga qo’shilmaydi, ray’ini hurmat ham qilmaydi.
Demak, inson komil, izzat-ikromli, jamiyat va oilasida o’z mavqeini topishi uchun fikru mulohazasiga
har jabhada ega bo’lish kerak. Shu bilan barobar, uni to’g’ri va foydali bo’lishi alohida ahamiyatlidir.
Hazrati Ja’fari Sodiq hazrati Sufyon Savriy (a.r.)ga:
-Ey, Sufyon! Dunyo va oxirat ishlaringda, albatta, imonli va taqvoli kishilarga maslahat sol. Ular bi-lan
kengashib yur!- deganlar.
Bu hikmatda ushbu nozik nuktapar ahamiyatlidir:
birinchidan, kishi o’z fikriga ega bo’lishi kerak;
ikkinchidan, fikrining to’g’ri bo’lishiga harakat qilishi kerak;
uchinchidan, har bir ishda katta yoki kichik, dunyo yoki oxirat ishlariga aloqador bo’lsin
maslahatlashmog’i kerak. Boshqalarning ham fikr va mulohazalarini o’rganishi, e’tibor qilishi faqat
o’zining foydasidir;
to’rtinchidan, maslahatgo’ylar taqvoli, aytganiga o’zi ham amal qiladigan insonlar bo’lishi maqsadga
to’g’ri yo’naltiradi.
Ilm olish sirlari. Imom Zarnujiy
Dostları ilə paylaş: |