www.ziyouz.com kutubxonasi
17
Qilmaslar buni pandu nasihat,
Qadring bilgil, ehtiromlar ko’rsatib,
Ustozdan noil bo’l ikki olam saodatin,
Тabibdan ol darding davosin.
Gar johillik va kibr ila jafolar bersang, ey, azizim
Baxting qaroligiga va darding alamiga sabr kosasin ol.
-Ey, shogird! Ey, bemor! Meni hurmat qil, odob-ahlo-qingni tuzat,- deb nasihat qilmaydilar.
-Ey inson, axir hayoting, dunyo ishlaring, oxirating, kelajaging mening qo’limda, unga men tufayli
erishasan, ishlaringni oqibatini o’ylab qilgin,- deb va shu kabi ko’rsatmalarni bermaydilar. Beodoblik
qilib, ularni ranjitdingmi, qo’polliging bilan ularga aziyat yetkazdingmi, o’z dardingga, kasalingga sabr
qil, og’riqlariga chida! Yoki, o’zingni johilligingga qanoat qil!
Hikoya qilibdurlarki, hazrati Horun ar-Rashid o’g’illarini imom Asmo’iy (a.r.) huzurlariga ilm va odob
o’rganmog’i uchun yubordilar. Bir kuni ustoz hazratlarining tahorat olayotganlarini ko’rib qoladilar.
O’g’illari esa oyoqlariga suv quyar edi. Shunda xalifa hazratlari imom Asmo’iyni itob (urishib) va
malomat qildilar.
- Men sizning huzuringizga o’g’limni ilm va odob o’rgansin deb jo’natgan edim, shunday ekan nima
uchun bir qo’li bilan suv kuyib, boshqasi bilan oyog’ingizni yuvishni buyurmaysiz?! - dedilar.
Demak, ustoz hurmatiga rioya qilmoq, xizmatlariga qoim bo’lmoq, uning ko’nglida muhabbat va
rizoligini topish har bir talabaning hayotiy vazifasiga aylanmog’i kerak ekan. Bu esa, ilmidan o’zi ham,
boshqalar ham manfaat topishiga asosiy omillardan biridir.
Тolib bu yuksak burchni ixlos va
samimiyat bilan yondoshgandagina, samarasidan bahra olishga erishadi.
Endi ilmni e’zozlash, uni ulug’lash haqida fikr yuritsak. Ilmning bulog’i hisoblangan ustoz, muallim
hazratlarini va ularning maqomlarida bo’lgan har bir kishini hurmat qilish ham ilmning ta’zimi bo’ladi.
Albatta, ilm bulog’i va manbai kitobdir. Demak, kitobga ahamiyat berish, uni ozoda va ko’rkam tutish,
faxr bilan ko’tarib yurish, pokiza va baland joylarga qo’yish nafaqat uning hurmati, balki ilmni
ulug’lash hisoblanadi.
Shuningdek, kitobni asta varaqlash, imkon qadar bir ochishda kerakli sahifani ochish va zarur
bo’lganda kitobni varaqlash ham ilmni ulug’lash jumlasiga kiradi.
Kitobni varaqlashda kitob varaqlarini g’ijimlab, buklab, barmog’iga tuflab varaqlash noshoista ishdir.
Kitob va daftar ustiga jild va g’ilof tutish mo’’tabar amaldir. Zero, kitobni ulug’lash ilmni ulug’lash
ekan, talaba kitobni har vakt tahorat bilan ushlamog’i kerak bo’ladi. Bu ishga odatlanishi o’ziga
foydadir.
Shayxul Islom, imom
Хalvoniy hazratlaridan hikoya qiladilarki, ul zot:
-Men bu ilmga faqat uni hurmat qilib eryshganman! Qog’ozni doim tahorat bilan olar, betahorat
kitobga yaqin kelmas edim», - deganlar.
Shayxul Islom, Shamsul aimma, imom Saraxsiy hazratlari kunlarning birida qorin og’rig’i kasalligi
bilan og’ridilar. O’sha kechasi tahoratlarini takrortakror yangilaganlar.
Хullas, o’n yetti bora tahorat
olgan ekanlar. Chunki, bu zot ilmlarini faqat tahoratda qaytarar edilar. Zero, ilm nurdir, tahorat esa
poklik va nurdir. Ikki nur bir-biriga qo’shilib, nurlar yanada ziyoda bo’ladi.
Тahoratning nuri ilm
nurining ziyosini ko’paytiradi.
Ilm olish sirlari. Imom Zarnujiy
Dostları ilə paylaş: |