Microsoft Word ilm olish sirlari ziyouz com doc



Yüklə 255 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/76
tarix01.01.2022
ölçüsü255 Kb.
#50845
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   76
Imom Zarnujiy. Ilm olish sirlari

www.ziyouz.com kutubxonasi 

24

Kelajakda albatta yetarsan murodga! 

 

Тolibi ilm kechaning avvalida hamda oxirida darslarini takror qilishga odatlanmog’i kerak. Ushbu ikki 



vaqt - shom va xufton hamda sahar vaqglari barakot-lik, fayzlidir. 

Hakim zotlardan biri deydilar: 

 

Ey, tolibi ilm! Parhezkor va taqvolik bo’l, ya’ni ishlaringni taqvo va parhez rishtasi ila bog’lab 



boshqargin. Ko’p uxlashdan uzoqlash, chunki ko’p uyku koni ziyondir. 

Тaomni to’yib-to’yib 

yeyishdan saqlan! Qorin to’q bo’lsa, kishi ishyoqmas, dangasa va boshqa salbiy sifatlar sohi-bi bo’lib 

qoladi. Yuqoridagi mazkur bir baytda: 

 

Bo’lur ish kam agar, ko’p to’ysa ishkam, - deb keyingi keltirilayotgan «ishkam»dan murod «qorin» 



bo’lib, baytning ma’nosi: «Agar kishi qornini to’ydirib yuborsa, o’zi uchun foydali ishlarni kam qiladi 

yoki hech qila olmaydi», - demakdir. 

 

Dars o’qimoqqa va uni takrorlashga bardavom bo’l va zinhor bu ishlaringdan ajralma, tashlab qo’yma! 



Chunki, ilm dars o’qish va takror bilan qoim bo’ladi, rivoj topadi. Umrining «yoshlik» degan 

bekatidagi har bir kunlarini talaba g’animat bilmog’i kerak, kelajagi uchun mustahkam zamin 

tayyorlamog’i kerak. Yoshlikka xos bo’lgan beg’ubor tongni, uni qiziquvchanligini-yu, qizi-

shuvchanligini ham g’animat bilmog’i zarur. Belingni kuvvati borda olib bel, Ko’ngil bog’in sug’or 

ketmay turib sel! Bu baytdagi «sel»dan murod biron narsaning yetilgan vaqgi, aynan ishlov beradigan 

davri, insonning kuch-quvvatga to’lgan, fahmu-farosati, aql-idroki kamol topgan vaqti demakdir. 

Baytning ma’nosini: 

 

Ey inson! Jisming salomat, beling quvvatlik, qaysi bir ishni qilmoqni xohlasang unga qo’ling 



yetadigan, o’zing bajara oladigan vaqgingda, har narsani idrok etadigan kunlaringni g’animat bil! 

Qo’lingga himmat va gayrat belini olib, ko’ngil bog’ingni obod qil! Bu ishning oxiri rohat keltiradi. 

Mehnatingga qarab maqsadlaring hosil bo’ladi. 

 

Kim oliy fazilat sohibi bo’lishni xohlasa kechalarini qoim qilmog’i kerak bo’ladi. Ilm o’qish, takror 



bilan, duo-yu istig’forlar bilan kechalarni bedor o’tka-zadi. Yoshlik - beg’uborlik onlaringni shunday 

g’animat bil! 

 

Zero, yoshlik davring uzoq davom etmaydi, ko’z ochib-yumguncha katta bo’lib, boshingga turli 



xizmat, g’am-tash-vish va ro’zg’or kabi dunyo yumushlari tushib, umring qanday o’tib qolganiyi 

sezmay qolasan. 

 

Arab hikmatlarida: «Yoshlikda o’rganilgan ilm, go’yo toshga o’yilgan naqsh kabidir», - deyilgan. Bu 



ham yoshlikni bir ulug’ ne’mat ekanini ta’kidlayapti. 

 

Yoshligingda toat qilsang, qariguncha ko’nikasan. Qarilikda toat qilsang, ko’nikkuncha ko’milasan, - 



dey-ish bilan nafaqat ibodat, balki boshqa xayrlik ishlarga o’rganib borishning fazilati bayon 

qilinmoyeda. 

Тolibi ilm toqati kelmaydigan darajada o’zini qiynashi, mashaqqatga solishi durust emas. 

Chunki, so-g’lig’i ketadi, irodasi va intilishi sustlashib qoladi. Balki jiddi-jaxdini asta, oz-ozdan 

yumshoqlik bilan, toqatiga mos iste’foda qilishi kerak bo’ladi. Buni «rifq» deyiladi. Rifq hamma 

narsaning asosi sana-ladi. Jafokash xalqimiz ham «Musulmonchilik asta-asta»,- deganlarida mazkur 

rifqni nazarda tutadilar. Bu to’g’rida janob payg’ambarimizning muborak xadislari bor: 

-Ogoh bo’linglarkim, bu din juda mustahkam dindir. Shuning uchun yumshoqlik bilan, asta-sekin 




Ilm olish sirlari. Imom Zarnujiy 

 

 




Yüklə 255 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin