Microsoft Word ilm olish sirlari ziyouz com doc



Yüklə 255 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/76
tarix01.01.2022
ölçüsü255 Kb.
#50845
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   76
Imom Zarnujiy. Ilm olish sirlari

www.ziyouz.com kutubxonasi 

23

 



Ey g’ofil! Ey, hayolparast! Izzatu obro’lik bo’lishni orzu qilib, kechasi uyquga ketasanmi? 

Ogohbo’lkim, dur-ru gavhar izlagan dengizga sho’ng’iydi, g’avvoslik qiladi. Ya’ni, kecha-kunduz 

mehnat va riyozatni o’ziga yor qilmoq kerak. 

 

Kishining shuhrati, martaba topishi qobiliyati, oliy himmatligi, g’ayrati bilan bo’ladi. Vaholanki, kishi 



Alloh huzurida haqiqiy hurmatga kechalarni bedor o’tkazish bilan erishadi. 

Kim mashaqqat chekmasdan oliy martabani talab qilgan bo’lsa hayotini, amri muhol ish talabida 

bekorga o’tkazibdi. Parvardigbro! Ilm, kasbu hunar olmog’imga o’zing tavfiq ber! Oliy 

martabalarningulug’ nuqtasiga meni yetkaz! 

 

Donishmandlardan naql qiladilar:  



- Murodingni hosil qilish uchun, kechalarni o’zingga tuya karvoni qilib ol! She’r: 

 

Amalga oshsin desang barcha umidlar  



Maqsad sari yetaklovchi karvonga min,  

Go’yo oqshomlar karvondirlar,  

Ularni minmoq oqshomni bedor kutmoq.  

 

Kim barcha orzularini birdaniga ro’yobga chiqishini xohlasa, ularga erishish yo’lida kechalarini 



manziliga yetkazadigan tuya karvoni qilsin! 

 

Kechasi bedor bo’lish va uxlab qolmaslik uchun taomingni kamaytirgin. Ey azizim! Agar kamolot 



istasang, bedorlikdan qolmagin! 

 

Kim kechalarni o’qigan va bilganlarini takrori bilan o’tkazsa, tongla kunduzlari qalbi shodlikka to’ladi. 



Chunki, kelajakda bu ishlari foyda keltirib, kechalarini bekor o’tkazmagani uchun afsuslanmaydi. De-

mak, Alloh ne’matlari ichida kechaning o’z o’rni bo’lib, talaba uni g’animat bilmog’i juda zarur. Zero, 

kechalari qilingan duo va riyozatlarning ahamiyati benihoyadir. Ulug’larimiz bu haqda o’z 

manzumalarida qimmat-lik ko’rsatmalar berganlar: 

 

Yegil kam kecha turmoqdin yesang g’am, Bo’lur ish kam agar ko’p to’#sa ishkam! Zgam axd etsa 



«Fatlubni tajidni'» Qo’yurmi bandalar bu jahdu jidni. - deya So’fiy Allohyor (a.r.) hazratlari taomni 

ozaytirib, qat’iy harakatni ko’paytirishni ta’kidlayaptilar. hazrati Boborahim Mashrab (a.r.) ham 

jiddiylikni hamma holatlarda mo’’tabar ekanini aytadilar: "Chin oshiq ersang, berma ko’m il nafsi 

havoga, Ko’p yotma sahar, uyg’ona ko’r zikri 

Хudoga, G’ofil yurma, bo’lma giriftori baloga, Mashrab 

o’zingni solma necha javru jafoga. 

Тo’g’ri yurusang el so’zidan sanga na gamdir?! 

 

Ilm talab qilishga targ’ib qilingan hadisi shariflarda aytilishicha, ilmni.chg har soniyasi ibodat, har 



soniyasi istig’for bo’lib, fazilati ulug’ ne’matlar eshiklarini keng ochilishiga boisdir. Ibodat, tavbayu 

istig’forning sultoni sahar vaqtida ekaniga Qur’oni karim oyatlari dalolat qiladi. Chunonchi, Alloh 

solih bandalarining fe’llarini, ularning xulqlarini bayon etib: 

 

Тongu saharlarda tavba va istig’for aytuvchi hamda ibodatlar bilan parvardigorlariga yolvoradigan 



bandaning kamchilik va gunohlarini avfu inoyatimizga olib, mag’firat daryosida g’arq etib, ularni 

baxtsaodatga noil qilurmiz!-deydi. She’r: 

 

Kechasi uykuni yuz tutqazsang barbodga,  



Ilm olish sirlari. Imom Zarnujiy 

 

 




Yüklə 255 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin