www.ziyouz.com kutubxonasi
16
o’rinlaridan turib ko’yardilar. Ziyrak toliblari buning sa-babini so’radilar. U zot kamoli ehtirom bilan:
- Mehribon ustozimning farzandlari ko’chada bo-lalar bilan o’ynab yuribdilar. Goh o’ynab eshik oldiga
kelsalar, darhol ustozimni hurmatlari uchun o’rnimdan turyapman, - deb javob berdilar.
Yana hikoya qiladilarki, Imom Buxoriy hazratlari (r.h.) bir mudsat Makkai Mukarramada dars
o’taganlar. Bir ziyoratchi Buxoroi sharifdagi ustozlaridan salom va maktub olib keladilar. Shunda,
ustozlarining yurtidan kelganlarini bilib, kuchoq ochib ko’rishib, hurmat izhor qilganlar. So’ng, salom
xabarini eshitganlarida, Buxoroi sharif tomoniga yuzlanib, salomga alik olib hurmat bajo keltirganlar.
Keyin maq-tubni ikki ko’llab olib, tabarruk qilib, ehtirom bilan xatni o’qiganlari aytiladi.
Qarang, qanday ibratli voqea bo’lgan ekan, ustoz hazratlari uzoqda, g’oyib bo’lsalarda, huzurlarida
turgandek hurmat bajo keltirdilar. Balki ulug’ al-lomai zamonlarning o’z davrida yetishgan baland
ilmiy darajalarining omillardan biri shu bo’lgan bo’lsa, ajab emas.
Hozirgi tolibi ilmlarimiz ham shunday omillardan bahra olib, yana diyorimiz shuhratini ilmu taraqqiyot
sohasida ko’klarga sarafroz etadigan ulamoi za-monlar bo’lib yetishsalar edi, Janobimiz (s.a.v.)ning:
«Dunyoga ta’lim beruvchilar bu tomondan chiqadi», -degan bashoratlari yana isbotini topgan bo’lur
edi.
Hazrat qozi Imom Faxriddin al-Arsobandiy Marv viloyatida barcha imomlarning raisi edilar. Marvning
sultoni bu zotni g’oyatda hurmatlar edilar va:
-Faqatgina ustozimning duolari sharofati bilan bu mansabga erishdim. Hurmatlarini o’rinlatishga
harakat qildim. Hazrat uyetozim qozi Imom Abu Yazid addabbusiy (a.r.)ning xizmatlarida qush misoli
uchar edim. Kiyimlarini yuvib, poyabzallarini tozalab, taomlarini hozirlar, ustozim ovqatlanib
bo’lgunlari-cha, o’zim tanovul qilmas edim,- deb yod etadilar.
Yana bir ulug’ zot ushbu voqeani aytib berganlar. Shayxul Islom buyuk imom, shamsul aimma hazrati
Хalvoniy ma’lum bir sabab tufayli, Buxoroi sharif atrofidagi qishloqlarning birida bir necha kun
yashaganlar. Shogirdlaridan Shayxul Islom, Qozi Abu Bakr az-Zaranjiy hazratlaridan boshqa
barchalari kelib, us-tozlarini ziyorat etdilar. Kunlarning birida ustoz bu shogirdni uchratib qolib:
-Nega meni ziyoratimga kelmading?- deb, malomat bilan ko’ngillaridagi muhabbatning darz ketganiga
ishora qildilar.
-Men munis onajonimning xizmatlari bilan mashg’ul bo’lib, ziyoratingizga kela olmadim, - deb uzr
so’radilar.
-Umringizning uzoq bo’lishiga nasiba olibsiz, ammo ilmingiz ravnaqi, darsingiz rivojini rizqlantira
olmabsiz, bu nasibadan bebahra qolibsiz,- degan ekanlar.
Хuddi mana shu so’zlarning isboti yuz berib,
bu zot ko’p vaqtlarini qishloqlarni kezish, shu yerlarda yashab, dars berish va dars olish
imkoniyatlaridan mah-rum bo’lgan ekanlar.
Qissadan hissa, kim ustozini norozi qilsa, unga ozor bersa, ilm barakotlaridan mahrum bo’ladi va il-
mdan foyda topmaydi. Agar topsa ham, yo’q hisobida foydalanishi mumkin.
Izzattalab bo’lmas muallim, tabib,
Shu ishdan elda bo’ldilar habib.
Izzatu xurmating qaytar bo’lib saodat,
Andishasiz qadaming o’zingga qaboxat.
Ogoh bo’lki, muallim va tabib,
Hech qilmaslar talabi izzat,
Ilm olish sirlari. Imom Zarnujiy
Dostları ilə paylaş: |