www.ziyouz.com kutubxonasi
7
Oxiratni dedim, fayzu-zafar topdim,
Dunyoni dedim, xavfu-xatar topdim.
Oxiratni dedim, topdim fazlu kamolot,
Dunyoni dedim, topdim xorlik va malomat.
Oxiratni dedim, keldi rizvonu jannat,
Dunyoni dedim, keldi xasratu nadomat.
kim oxirat kuni va’da qilingan kun uchun ilm talab qilsa, darhaqiqat bu banda Alloxdan, haq yo’lga
irshod etuvchi Zotdan fayzu fazilat topib, ko’p jihatlarda g’olib bo’lib, zafar quchibdi. Ammo, odamlar
xurmat, e’tiborini topish uchun ilm talab etuvchiga xasratu nadomatlar bo’lsin!
- Sen albatta bunday yomon niyatdan saqlan va qalbingni kechinmalariga ehtiyot bo’l! Parvardigoro!
Har qanday yomon niyatlardan o’zing panoh va najot bergin!
Ammo, amri ma’ruf va nahiy munkar qilish uchun, haqni, shariati islomiyya ahkomlarini tanfizi, ya’ni
joriy qilish, amalga oshirish uchun, dinni kuvvatlash, ulug’lash va e’zozu ikrom qildirish uchun boylik,
obro’, nufuzni ham ilm olish bilan birga talab qilish joizdir. Shunda ham haddan ziyoda emas, balki
amri ma’ruf va nahiy munkar qoim bo’ladigan miqdorda hurmat-e’tibor, davlat talab qilishi kerak
bo’ladi. Bu masalani har bir talaba yaxshilab o’ylab olishi zarur. Chunki, ilm hosil qilishda inson ko’p
mashaqqat chekadi. Shunga muvofiq, uni kerak o’rinda obro’ va mol-dunyosi bilan himoya qila olishi
shart.
Mashoyixlarimiz bu haqda:
-Ilm hosil qilish go’yo igna bilan quduq qazib, suv chiqarganchalik mehnatga o’xshasa, hol ilmiga
yetishish go’yo kiprik bilan quduq qazib, suv chiqarganchalik chekilgan mashaqqatga o’xshaydi,-
deganlar.
Ma’lumki, igna ham, kiprik ham qazish qurollari emas. Bu hikmatlik so’zlar ilm egallash juda qiyin,
mashaqqatli ish ekaniga ishoradir. Shuning uchun, uni xor va xaqir, arzimas va foniy - yo’qlikka yuz
tutuvchi dunyoga, davlatga sarflamaydi, uni almashtirmaydi. She’r:
Dunyo noqisning noqisrog’i erur,
Oshig’u-shaydosi xorning xorrog’i erur.
Sehru-jodusi ila karu-ko’r aylar,
Qilmishiga o’zini hayronu-lrl aylar.
Bu dunyo — noqisrokdanda, kamdankamroq, juda noqisdir. Dunyoga oshiqu-shaydo esa undan xorroq,
be-choradan bechoraroqdir. Dunyo o’z sehri bilan kishini kar va ko’zini ko’r qilur. Shuning uchun ham
ular o’z ilmlaridan dalilu isbotsiz hayron qoluvchi, xasrat chekuvchidir.
Demak, ahli ilmlar o’zlarini ta’magirlik, ya’ni umidvorlik illatidan saqlashlari kerak ekan. Aks holda,
ilmining samarasiga nisbatan dunyo matolarini umid qilish bilan, ilmni va o’zlarini xor va hurmatsiz
etgan bo’ladilar. Shuningdek, ilm va ilm ahlini xor va beobro’ qiladigan o’rinlardan o’zlarini ehtiyot
qilmoqliklari kerak bo’ladi.
Ahli ilmlar xususan, tolibi ilmlar kamtarin, kamsuqum bo’lishlari kerak.
Тavozulikni o’zlariga kasb
qilsinlar, u esa mutakabbirlik bilan xorlikni o’rtasidir.
Ilm olish sirlari. Imom Zarnujiy
Dostları ilə paylaş: |