Microsoft Word isajon sulton boqiy darbadar lotin ziyouz com doc



Yüklə 211,72 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/51
tarix07.12.2022
ölçüsü211,72 Kb.
#72959
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   51
isajon sulton. boqiy darbadar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
48
 
Parvardigori olamning g‘azab qudratini ojizona tamsil etgan bu asov g‘alayon ichida qudratli 
harbiy mashinalarning qanotlari o‘sha zahoti sinib-parchalandi, quyun ularning zamonaviy qurollarini 
misqog‘oz kabi ezg‘ilab-parchalab tashladi, zirhlarini raketalari bilan qo‘shib uzib-yulqib oldi, o‘q 
o‘tmas oyna ortida sarosimaga tushgan harbiylarning qo‘rquvdan burishgan yuzlari bir lahzagina 
lipillab o‘tdi xolos, so‘ngra uchoqlarni aql bovar qilmas tezlikda g‘oyat yuksaklardan yerga opkelib 
urib, yer qa’riga – kamida yuz quloch chuqurlikka ayovsiz tiqib yubordi, chuqurlar ham o‘sha zahoti 
qum va tuproq ostida ko‘milib-yo‘q bo‘lib ketdi.
Gobiga xufyona kirib kelgan barcha harbiy uchoqlarning taqdiri ana shunday yakun topdi. 
Endi bo‘ronning bir uchi Tiyonshon kemtigidan o‘tib, yanada g‘ayrioddiy kuch bilan esmoqdaydi. 
Cho‘l jonzotlarining bari yashirinib ulgurgan edilar. Tevarak xuddi ummon kabi to‘lqinlanar, sahro bir 
kitob kabi varaqlanar, balki qumlarning yangi sahifalari ochilmoqdaydi.
* * * 
Bag‘rida uch yuz chog‘li yo‘lovchini olib Atlantika ummonidan o‘tib kelgan va hozir sahro uzra 
uchib borayotgan Boeng Dreamliner o‘n ming metrga qadar ko‘tarilganida, dahshatli bo‘ronning bir 
uchi unga yetib keldi. 
Qum ikki yuz yigirma tonnalik ulkan havo laynerining motorlariga kirib tiqildi, darchalarni enladi, 
havo filtrlarini to‘ldirib, hatto g‘ildiraklar turadigan joygacha va qanotlarning boshqaruv 
qurilmalarining ichigacha kirib bordi. 
Oddiy qumlardan farq qilib, bu qum shuvillab to‘kilib ketaverar, eng kichik tirqishga xam kirib 
to‘ldiraverar edi. Oradan bir daqiqa o‘tib-o‘tmay, uchoqning to‘rtala motori ham ishdan chiqdi, uchoq 
muvozanatini saqlay olishi uchun motorlar tananing qoq o‘rtasiga o‘rnatilgan bo‘lsa-da, dum qismidagi 
yuk bosib ketdi, uchoq shitob bilan pastga og‘ib berdi – u qulay boshladi. Boshqaruvning yo‘qolgani 
va motorlar ishlamayotgani bois shamol epkinida gir aylandi, teskari yo‘nalishda urgan boshqa bir 
epkinda uning lonjeronlari qarsillab uzildi, so‘ng o‘ng qanot sindi, unga o‘rnatilgan ikki motorning 
og‘irligi bois havoda chirpirak bo‘lib aylangancha, qum qorong‘iligi ortida pastda g‘oyib bo‘ldi. 
Roppa-rosa uch soniyadan so‘ng ikkinchi qanot ham uzildi va u ham bo‘ron shiddati aro ko‘zdan 
yo‘qoldi. 
Shunga qaramay, qanotsiz qolgan uchoq uchishini davom ettirmoqda edi.
Bor-yo‘g‘i o‘ttiz ikki soniyada uchoq yerga kelib urildi, urilgan joyida ulkan chuqur hosil qilib
tepaga qayta sapchidi, tezlik katta bo‘lgani uchun u bir necha qismga bo‘linib ketdi, bo‘laklar urilish 
kuchi oqibatida yana bir qancha yuz metr joygacha uchib-parchalandi, parchalar orasida odamlarning 
tanalari va yuklar ham ko‘zga tashlanar edi. Shamol uchirayotgan qum zarralari mayda parchalarni shu 
zahoti ko‘mib tashladi, kattaroq bo‘laklar oldida esa qum uyula boshladi. Bu halokatda birovning tirik 
qolganini taxmin qilib bo‘lmasdi – qulash chog‘idayoq ko‘pchilikning yuragi yorilib ketgan
baquvvatroqlar esa urilish chog‘ida jon taslim qilgan edilar. 
Tiyonshon yonbag‘ridagi g‘orda istiqomat qiladigan avliyo ham qo‘rquvga tushgan edi. 
Parvardigori olam kuch-qudratining bir timsoli bo‘lgan bu ofatning nima ekanini u yaxshi bilardi. 


Isajon Sulton. Boqiy darbadar (roman) 

Yüklə 211,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin