Microsoft Word isajon sulton boqiy darbadar lotin ziyouz com doc



Yüklə 211,72 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/51
tarix07.12.2022
ölçüsü211,72 Kb.
#72959
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   51
isajon sulton. boqiy darbadar

O‘YLASHGA UNDOVCHI ASAR 
 
«Boqiy darbadar»ning janrini muallif roman deb belgilabdi. Ehtimol, ayni hol didi an’anaviy 
romanlar ruhida tarbiyat topgan o‘quvchida e’tiroz uyg‘otar ham. Axir, bunda yaxlit bir voqea 
bo‘lmasa, ko‘p planli syujet asosida voqelikning keng epik manzarasi tasvirlanmagan bo‘lsa, 
markazida qahramon turmasa... – nimasi roman?! Jahon adabiyoti tajribalaridan, xususan, G‘arbda 
yarim asrlar ilgari boshlangan “yangi roman” bobidagi izlanishlardan ozmi-ko‘pmi xabardor 
o‘quvchida e’tiroz tug‘ilmasayam kerak. Zero, «Boqiy darbadar»da an’anaviy eposga xos voqeaband 
syujet o‘rnida sirtdan bir-biriga bog‘lanmay turli makon va zamonda, goh reallik, gohi xayolotda 
kechuvchi voqealar tasvirlangan, markazida risoladagidek qahramon turmagan bo‘lsa-da, ularni bir 
narsa – hayotning ma’nisiyu bashariyat taqdiri haqida o‘yga tolgan muallif shaxsi birlashtiradi, yaxlit 
butunlikka – romanga aylantiradi... 
Isajonning bitigi an’anaviy yo‘lda yozilmagani aqlga tayin, lekin uni modernizm yo 
postmodernizmga taalluqli etishga-da qiynaladi kishi. Modernistik asar deyin desa, unda ham turfa 
uslublar – ko‘hna diniy rivoyatlardan tortib hozirgi «internet tili»gacha, ham turfa janrlar – qadim 
diniy didaktikadan tortib urfdagi «boevik»kacha... quroq-qorishiq birbutunlik kasb etayotibdi. Hay, 
postmodernistik asar deb qo‘ya qolay desa, muallif olamu odam haqidagi o‘y-tashvishlarini ifoda 
etmoq uchun badiiy model – postmodernistlar inkor qilgan metarivoyat yaratib qo‘yibdi... Holatdan 
chiqishga urinish demang-u, nazarimda Isajon o‘zi bilgan bizdagiyu xorijdagi ijodiy tajribalarning 
barini ichdan o‘tkazibdi – bugun o‘zini qiynab turgan muammolarning badiiy idrokiyu ifodasi uchun 
maqbul shakl izlapti, izlanishlari sintezga olib kelibdi.
 
Darvoqe, g‘arbda urf bo‘lgan «izm»lar ma’naviyatimiz uchun zararli deguvchilarning 
tashvishlari, albatta, asossiz emas. Marg‘ub tomoni shuki, Isajon o‘sha «izm»lardan maqbul shaklni 
olgani holda, o‘zi milliy zaminda sobit turibdi. Jillaqursa bir jihatni olaylik: postmodern kayfiyat 
degani millatlaru milliy madaniyatlar qorishuvini ko‘zda tutadi, shunday zamindan unib chiqadi. 
Yozuvchimiz esa bu ruh-kayfiyatni butun vujudi bilan inkor qiladi, professor Ziyoning o‘g‘li kabi «o‘zi 
sevgan, amallaridan O‘zi rozi bo‘ladigan xalq orasida» yaralganiga shukrona keltiradi, ro‘zi 
mahsharda «o‘z jonajon tuprog‘ida, o‘z jonajon millati bilan birga bo‘lishni orzu qiladi»; Vatanni 
«iymonining qo‘rg‘oni» deb biladi, «dilining ildizlari shu yer osti buloqlariga bog‘lab qo‘yilganday, 
uzilsa quriydigandek» his qiladi o‘zini. Ha, asl ijod, agar u milliy-madaniy zaminda voqe bo‘lsa, aslo 


Isajon Sulton. Boqiy darbadar (roman) 

Yüklə 211,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin