FANO - q. Baqo va fano.
FARZ (arab. - qat’iyat, majburiyat) - shariatda hamma musulmonlar bajarishi qat’iy
buyurilgan amallar. F. ikki tur - "farzi ayn" va "farzi kifoya"ga bo‘linadi. Birinchi turi
barcha musulmonlarga bab-barobar buyurilgan bo‘lib, ularning adadi 40 atrofida, mas.,
namozda 12 ta, shundan oltitasi namozdan tashqarida, oltitasi namozning ichida,
tahoratda 4, tayammumda 4, g‘uslda 3, ro‘zada 3, taom yeyishda 4 "farzi ayn" bor (1)
Halol bo‘lish; 2) Zaruriy mikdorda yeyish; 3) Taom quvvatini yaxshi ishlarga sarflash; 4)
Taom beruvchiga (Allohga) shukr aytish). Amri ma’ruf, nahiy munkar, ilm olish ham
"farzi ayn"ga kiradi. "Farzi kifoya" esa, bir qism musulmonlar bajarsa qolganlar
zimmasidan soqit bo‘ladigan ishlar. Mas., janoza namozi, kafanlash, murdani yuvish,
dafn etish kabilar. F.ning bu turiga kiruvchi ishlarni hech bir musulmon bajarmasa,
hamma musulmonlar gunohkor bo‘ladilar.
FARISHTA (forscha, arab. malak - maloika) - islom e’tiqodiga ko‘ra, xudoning amrini
bajaruvchi mavjudotlar. Flar son-sanoqsiz bo‘lib, har biri ma’lum vazifani bajaradi. Mas.,
islomda har bir odamning savob va gunoh ishlarini hisobga olib yuruvchi F.lar, jannat va
do‘zahda darvozabonlik qiluvchi, odamlarni qabrda so‘roq qiluvchi (Munkar va Nakir),
Alloh taxtini osmonda ko‘tarib turuvchi va b. xizmatlarni bajaruvchi F.lar mavjud deb
qaraladi. Bu F.lardan 4 tasi: Azroil, Jabroil, Mikoil, Isrofil bosh F. hisoblanadi. F.larga
e’tiqod qilish sunniylik akddalaridan biridir.
FATVO (arab. - tushuntirish, izoh, hukm, qaror) - islomda mufti yoki ulamolar kengashi
tomonidan diniy, huquqiy, siyosiy hamda ijtimoiy masalalarda beriladigan qaror, hukm
yoki izoh. Islomning dastlabki davrida Muhammad (sav) safdoshlari, ayniqsa, dastlabki
to‘rt xalifa (choryorlar)ning turli huquqiy masalalar yuzasidan bergan izohlari,
shuningdek, ularning fiqhga doir chiqargan qarorlari F. deb aytilgan. F. barcha diniy-
Islom Ensiklopediyasi
www.ziyouz.com kutubxonasi
80
huquqiy mazhab asoschilari tomonidan fiqhga oid qo‘shimcha manba sifatida qaralgan.
Huquqiy masalalarda berilgan F. diniy jamoalar, muassasalar va musulmonlar
tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi. F. Qur’on, hadislar va shariatga yoki ilgari
berilgan F.larga asoslanib chiqariladi.