Microsoft Word islom ensik ziyouz com doc



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə108/426
tarix06.07.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#62664
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   426
Islom Ensiklopediyasi

www.ziyouz.com kutubxonasi 
86
F. - huquqning ahamiyati tobora pasayib borgan bo‘lsa ham, hoz. vaqtda uning ayrim 
tarmoqlari, tartib-qoidalari va me’yorlari ko‘pchilik aholisi musulmon bo‘lgan Sharq 
mamlakatlarida biron-bir tarzda qo‘llanilmoqda (faqat Turkiya bundan istisnodir, bu 
mamlakat 20-y.lardan e’tiboran undan butunlay voz kechdi). Shaxsiy holat tarmog‘i 
izchil, keng va deyarli bekamu ko‘st amal qilayotir, ayrim hollarda (mas., Tunis va 
Yamanda) F. - huquqning oila-nikoh masalalariga oid qoidalari birmuncha o‘zgartirildi. F. 
- huquqning tartiboti jinoyat huquqida (mas., Saudiya Arabistoni, Yaman, Fors ko‘rfazi 
mamlakatlarida) ham o‘z ahamiyatini saqlab kelmoqda, ammo bir qancha mamlakatlar 
(Liviya, Eron, Pokiston, Mavritaniya va b.)da huquqning tarmog‘iga uning ta’siri 70-
y.lardan boshlab hatto kuchayib ketdi. Fuqarolik va savdo huquqi haqida ham shu gapni 
aytish mumkin. F. - huquqning bu sohadagi me’yorlari vaqflarning huquqiy holatini 
tartibga solib kelmoqtsa (vaqflar tugatilgan Jazoir, Tunis, Yaman bundan mustasno). Bu 
me’yorlar fuqarolik kodeksiga ayrim moddalari (mas., huquqni suiiste’mol qilish, qarzni 
o‘tkazish, yerni ijaraga olishga oid moddalar) tarzida kiritilgan. Keyingi 10-15 y.da bir 
qancha mamlakatlar (Liviya, Pokiston va b.) fuqarolik va tijorat huquqida F. - huquq 
me’yorlarini qo‘llash miqyosi kengaydi. F. -huquqqa asoslangan soliq va moliya 
qonunlari (jumladan, foyda - ribo olishni taqiklaydigan va shu asosda islom banklari 
faoliyatini tartibga soladigan qonunlar) qabul qilingani bunga sabab bo‘ldi. Ko‘pchilik 
islom mamlakatlarida musulmon (shariat) sudlari saqlanib qolayotir (arab 
mamlakatlaridan faqat Tunis, Jazoir, MAR, Yamanda bunday sudlar tugatilgan). Ularning 
tashkil etilishi va faoliyati ko‘p jihatdan F. - huquq me’yorlari bilan tartibga solinadi. F. - 
huquq qoidalari va me’yorlari ayrim mamlakatlar (avvalo Saudiya Arabistoni) davlat 
huquqida aks etgan va hoz. vaqtda 1979 y. konstitutsiyasida islom respublikasi deb 
e’lon qilingan Erondagi davlat shaklida juda yaqqol ko‘rinib turibdi. Shuni ham aytish 
kerakki, barcha islom mamlakatlarida yoxud boshqa mamlakatlar aholisining ozchiligani 
tashkil etuvchi musulmon jamoalarida diniy qoidalar va namoz tartibini belgilovchi F. -
huquq me’yorlari hali ham qo‘llanilayapti. Hoz. sharoitda F. rasmiy huquq manbai 
sifatidagi ahamiyatini saqlab qolgan. Bir qancha mamlakatlarning shaxsiy holat va 
jinoyat huquqiga oid qonunlarida ko‘zda tutilishicha, agar qonunda tegashli me’yorlar 
bo‘lmasa, F. - huquqshunoslik xulosalari qo‘llanilishi lozim. Ba’zi mamlakatlar (Misr, 
Suriya, Liviya, Iroq, Jazoir, Kuvayt)ning fuqarolik kodekslarida ham shunday qoida 
belgilangan. Hoz. vaqtda ko‘pgina islom davlatlarining konstitutsiyalari fiqhning asosiy 
va o‘zgarmas me’yorlarini qonunchilikning asosiy manbai deb tan oladi. Davlatning F. - 
huquqqa nisbatan bunday siyosati F. huquqshunoslikka oid ilmiy ishlarni rag‘batlantiradi. 
Bu ishlar ikki asosiy yo‘nalishda olib boriladi. Nazariy ilohiyot bilan chambarchas bog‘liq 
bo‘lgan birinchi yo‘nalish an’anaviy fatvo janridan iborat (Misrning sobiq muftisi 
Hasanayn Muhammad Maxlufning ikki jildli fatvolar to‘plami bunga misol). Ikkinchisi - F. 
nazariyasi va tarixiga oid asarlardir.

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   426




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin