Microsoft Word islom ensik ziyouz com doc



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə104/426
tarix06.07.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#62664
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   426
Islom Ensiklopediyasi

www.ziyouz.com kutubxonasi 
82
qilib turgan normalardan iborat edi. Arablar bosib olgan hududlarda avvalgi yuridik 
norma va urf-odatlar yangi din aqidalariga zid bo‘lmasa, ular ham jiddiy o‘zgarishlarsiz 
saqlanib qolavergan, chunki, avval boshda islom o‘zining huquqiy masalalariga unchalik 
e’tibor bilan qaramagan. Bu paytda xalifalikning huquqiy tizimi Rum (Vizantiya), 
sosoniylar, talmudchilar va sharqiy xristianlar huquqining ayrim unsurlarini hamda 
ko‘pgina mahalliy urf-odatlarni qabul etdi, ularning ko‘plari keyinchalik islomniki qilib 
olindi va F.ga kiritildi. 
F.ni shakllantirishni, bir tomondan, amal qilib turgan huquq va b. ijtimoiy me’yorlarni 
diniy aqidalarga moslashtirish zarurligi va ikkinchi tomondan, ilk mulkdorlar jamiyatining 
endigina vujudga kelgan munosabatlarini mohiyat e’tibori bilan islomning diniy-axloqiy 
ta’limotiga asoslangan qoidalar negazvda tartibga solish ehtiyojlari taqozo qilar edi. 
F.ning qaror topishi Muhammad (sav) hadislari va choryorlarning aytgan gaplarini yozib 
olish bilan birga davom etdi. Shu sababli F.ga oid dastlabki asarlar (mas., Zayd ibn al-
Hasanning "Majmua", Molik ibn Anasning "al-Muvatto", Ahmad ibn Hanbalning "al-
Musnad" asarlari), aslida, huquqiy mavzudagi tadqiqotlar emas, balki muayyan mavzuda 
tanlab olingan hadislardan iborat. Hadislarning bir tizimga solinishi Qur’on va sunnani 
oqilona talqin etish orqali hal qilinadigan masalalarni belgilab olish va shu tariqa F.ni 
mustaqil fan sifatida shakllantirish imkonini berdi. 
8-a. va 9-a.ning 1-yarmida F. - huquqshunoslikda o‘z tushunchalari vujudga keldi, o‘ziga 
xos til va uslub shakllandi. Unda Muhammad (sav)ning vafotlaridan so‘ng asl ma’noda 
qonunlar yaratish faoliyati to‘xtadi, degan fikrga kelindi. Qur’on va sunna huquqiy 
yechimlarning asosiy manbalari bo‘lib qoldi. Faqixlar musulmon jamoasining yakdil fikri 
(al-ijmo’)ni choryorlarning yagona fikri deb hisoblab, ularni ham mustaqil manba sifatida 
tan olar edilar. Qur’on va sunna faqihlarni qiziqtirgan har qanday savolga javoblarni o‘z 
ichiga oladi, degan xulosaga kelindi. Shu sababli ularda musulmonlar amal qilishi lozim 
bo‘lgan aniq fe’l-atvor qoidalari xususida bir xil yechim, ko‘rsatma bo‘lmagan takdirda 
faqihlar mazkur manbalarni huquqiy holatlarga oqilona "tatbiq qilish" yordamida amaliy 
masalalarni hal etish bilan shug‘ullanadi. Bora-bora F. - huquqshunoslikni ilm al-furu deb 
tushunish hammaga ma’kul bo‘la boshladi. Ilm al-furu’ - shariatning aniq manbalar 
asosida ta’riflangan (ya’ni Qur’on yoki sunnaning ayrim qoidalariga asoslangan va 
ijmo’da tasdiqlangan yoxud ijtihod yordamida bayon etilgan) "amaliy" (odamlar xulq-
atvorini tartibga soladigan) me’yorlari to‘g‘risidagi fandir. F. - huquqshunoslik fani 
me’yorlarning ikki toifasini: 1) musulmonlarning Alloh bilan munosabati (ibodot); 2) 
odamlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabat, shuningdek, musulmon hokimiyati (davlati)ning 
o‘z fuqarolari, boshqa dinlar va davlatlar bilan munosabati (muomalot)ni belgilovchi, 
tartibga soluvchi me’yorlarni o‘z ichiga oladi. Faqihlarning asosiy kuch-g‘ayratlari 
me’yorlarning ikkinchi toifasini ishlab chiqishga qaratildi, ularning aksariyati ijtihod 
asosida joriy etildi. F. - huquqshunoslik shakllanishining ilk bosqichidayoq ikki maktab 
yuzaga kelgan edi: ulardan biri - Iroq maktabi "mustaqil fikrlash tarafdorlari" (ashob ar-
ra’y) maktabi deb, ikkinchisi - Madina maktabini "naql tarafdorlari" (ashob al-hadis) 
maktabi deb atalgan. Ular o‘rtasidagi tafovut maktablar o‘z ta’limotlarini rivojlantirgan 
moddiy va madaniy sharoit xususiyatlari hamda ular meros qilib olgan huquqiy an’analar 
bilan izohlanadi. iroqlik huquqshunoslar ijtihodni qiyosdangana iborat deb bilmasdan, 
undan kengroq foydalandilar, Madina maktabi esa, asosiy e’tiborni Qur’on va sunnaga 
qaratdi. Avvaliga bu maktablarning ta’limoti muayyan nom bilan atalmadi, biroq 
keyinchalik ularning har biri o‘z ta’limotini o‘z asoschisi nomi bilan atay boshladi. 
Chunonchi, Nu’mon ibn Sobit Abu Hanifa (767 y. v.e.) Iroq maktabining asoschisi 
bo‘lgan. 9-10-a.larda F. - huquqshunoslikning boshqa sunniy tariqat (mazhab)lari ham 
yuzaga keldi. Mas., Muhammmad ibn Idris ash-Shofi’iy (820 y. v.e.) nomi bilan atalgan 


Islom Ensiklopediyasi 

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   426




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin