Islom Ensiklopediyasi
www.ziyouz.com kutubxonasi
10
bilan shug‘ullangan, jangchi ham bo‘lgan. A.M. so’fiylik xirqasini Fes sh.da, Mag‘ribning
eng yirik shayxlari ad-Daqqoq (12-a. o‘rtalarida vafot etgan), Ali ibn Xirzixim (1195
y.v.e.), Abu Ya’azza al-Xazmiriy (1177 y.v.e)lar qo‘lida saboq olayotgan chog‘ida olgan.
Fiqhiy masalalarda A.M. molikiylar mazhabi tomonida bo‘lgan. Haj safaridan qaytib
kelgach, A.M. Bejaya (Buji)da yashagan, bu yerda u o‘zining va’zlari va taqvodorligi
bilan shuhrat qozongan. Uning atrofida ko‘plab shogird va izdoshlari to‘plangan.
A.M.ning shuhrati va ta’siri
oshib borayotganidan, A.M. nomidan mahdiylik harakati
bayroq sifatida foydalanishi, bu esa hali mustahkam bo‘lmagan Almohadlar (Al-
Muvahhidun) hokimiyatiga xavf tug‘dirishi mumkinligidan
xavotirga tushgan Marokash
hukmdori Abu Yusuf al-Mansur uni Marokashga keltirishga amr qilgan. Io‘lda keksayib
qolgan so’fiy og‘ir xastalanib Tlemsen sh. atrofidagi Ubbod degan joyda vafot etgan.
Rivoyatlarga ko‘ra, A.M. o‘z davrining G’avsul A’zami bo‘lgan. Ubboddagi qabri atrofida
zamonlar o‘tishi bilan me’moriy majmua vujudga kelgan,
u hozirda muqaddas
ziyoratgoh sanaladi. Tlemsen sh. aholisi A.M.ni o‘zlarining pirlari deb biladilar.
Dostları ilə paylaş: