Microsoft Word islom ensik ziyouz com doc



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə121/426
tarix06.07.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#62664
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   426
Islom Ensiklopediyasi

 
HANBALIYLIK - sunniylikdagi diniy-huquq mazhablaridan biri. Ahmad ibn Hanbal asos 
solgan. H. huquq tizimi o‘ta torligi, har qanday ko‘rinishdagi "yangilik"ka, diniy 
masalalarda erkin fikr yuritishga qarshiligi, shariat ahkomlariga rioya etishda qat’iy 
turishligi bilan ajralib turadi. H. tarafdorlari Qur’on va hadislarni erkin talqin etish 
yo‘lidagi har qanday urinishlarni qoralaganlar. Shuning uchun ham bu mazhab keng 
tarqalmagan. Faqat 9-a.ning 2-yarmida arab xalifaligida mu’taziliylarning va ilohiyot 
sohasidagi hurfikrlilikning ta’qib ostiga olinishi tufayli H. ta’siri birmuncha kengaygan va 
12-a.da mustaqil mazhabga aylangan. 10-a.da Eronda, 11-a.dan 15-a.gacha Suriya va 
Falastinda H. izdoshlari ko‘p bo‘lgan. Undan keyingi asrlarda H. tarafdorlari yana 
kamayib ketgan. Hozirda H. Saudiya Arabistonida rasman e’tirof etilgan, boshqa 
mamlakatlarda kam uchraydi. 
HANIF (arab. - chinakam e’tiqod qiluvchi, taqvodor) - haqqa moyil yakkaxudolikka 
e’tiqod qiluvchi taqvodor odam. Musulmonlar rivoyatiga ko‘ra, islomgacha Arabistonda 
qabila xudolariga sig‘inishni rad etgan, zohid, yakkaxudoga astoydil ishongan, lekin 
xristianlikka ham, yahudiylikka ham qo‘shilmagan va Ibrohim (as) dinlarida bo‘lgan 
odamlarni H. deb atashardi. Qur’onda Ibrohim (as) ham H. deb nomlangan, uning 
chinakam yakkaxudolikka asoslangan dinini Muhammad (sav) tiklagan, deb hisoblanadi. 
8-9-a.lardan boshlab H. ko‘pincha "musulmon", islom esa, haniflik dini ma’nosida 
ishlatilgan. So’fiylar ham o‘zlarini H. deb atashardi. 
HARAM (arab. - sahn, chegara) - 1) musulmonlarda muqaddas deb hisoblanadigan, qon 
to‘kish, qurol olib yurish taqiqlanadigan joy, hudud. Makkai mukarrama sh. atrofida 


Islom Ensiklopediyasi 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
98
belgilangan maxsus chegara ila o‘ralgan, shahar va uning atrofidagi ma’lum joylarni o‘z 
ichiga olgan mintaqa. Bu hudud Payg‘ambar (sav)dan rivoyat qilingan hadisda 
aytilishicha, Alloh taolo osmonlaru yerni yaratgan kunida harom qilingan. U Allohning 
hurmati ila qiyomat kunigacha haromdir; daraxti kesilmaydi, o‘simliga yulinmaydi, 
hayvonlari ovlanmaydi va urush qilib bo‘lmaydi. Bu hukm johiliyat vaqtida ham joriy 
qilinar edi. Bir-birlari doimo urush qilib yuradigan arab qabilalari ham H. hududida o‘z 
dushmanlarini ko‘rib qolsa, unga tegmasdi. H.da nafaqat odamga, balki hayvonot va 
nabobot olamiga, hech bir narsaga ozor berilmaydi. Olimlar, jinoyat qilgan odam qochib 
H.ga kirib olsa, unga ozor berilmaydi, ammo unga joy, taom berilmasdan, muomala 
qilinmasdan, H.dan qaytib chiqishga majbur etiladi va chiqqandan so‘ng ushlab jazosi 
beriladi, deyishgan. 
H. chegarasida ov qilishga qat’iy hech kimga izn yo‘q. Alloh taolo O’zining muqaddas 
shahri Makkai mukarrama atrofidaga ma’lum hududni odamlar, hayvonlar, o‘simliklarga 
hech ozor yetkazilmaydigan mintaqaga aylantirgan. Hoz. kunda H. chegarasidan 
musulmon bo‘lmaganlar kirmasligi yozib qo‘yilgan va taftish ham bor. Makka va 
Madinadagi muqaddas joylar (q. Harom masjidi), Quddus ziyoratgohi (q. Aqso masjidi) 
va b. o‘z H.iga ega. 2) Boy musulmon xonadonining ayollar yashaydigan ichki qismi. 3) 
Turkiya, Eron, Afg‘oniston, Arab mamlakatlari hamda O’rta Osiyoda hukmdorlar 
saroylarida xotin va kanizaklar yashaydigan qismi. 20-a.ning 20-y.laridan boshlab 
musulmon mamlakatlarining aksariyatida kup xotinlilikning man etilishi, iqtisodiyot va 
madaniyat taraqqiyoti, demoqratik harakatlar, xotin-qizlar harakatining o‘sishi natijasida 
H.lar deyarli barham topgan.
HAROM (arab. - man qilingan, taqiklangan) - shariatda hech qanday shubhasiz, ochiq-
oydin ravishda man qilingan narsa. Araq, najosat tushgan suv kabi ichimliklar, cho‘chqa 
go‘shti, Allohning ismi aytilmay so‘yilgan hayvonlar go‘shti, erkak kishilarga ipak 
kiyimlar va nikohida bo‘lmagan shaxs ila jinsiy aloqada bo‘lish kabilar H.dir. 
Shu bilan birga o‘zi halol bo‘lgan narsalarga shariatda man qilingan H. yo‘l bilan ega 
bo‘lsa, ular ham H.ga aylanib qoladi. Misol uchun, zulm, o‘grilik, riboxo‘rlik, aldamchilik, 
poraxo‘rlik yo‘li bilan topilgan har bir narsa, o‘zi qancha pok bo‘lsa ham, topuvchiga 
H.dir. Shuning uchun ham ulamolar mutlaq H.ni - o‘zida H.lik sifati bor yoki man 
qilingan yo‘l bilan topilgan narsadir deb ta’rif qiladilar. Musulmon inson uchun H.dan 
hazar qilish farzdir. 
Alloh taolo mo‘min-musulmonlarni H. - botil yo‘l bilan birovning molini yeyishdan qat’iy 
ravishda qaytargan. 
Bir luqma H. taom yegan odamning necha kunlab duosi qabul bo‘lmasligi ta’kidlangan. 
Musulmon inson H. yo‘l bilan molu dunyo kasb qilishdan, xuddi cho‘chqaning go‘shtini 
yeyishdan hazar qilgandek, hazar qilish kerak. H. yo‘l bilan molu dunyo topgan odam 
ikki dunyoda sharmanda bo‘ladi. Bu dunyoda azob-uqubat, turli balo-ofatlarga yo‘liqib, u 
dunyoda jahannam ichida turib, qorniga olovni taom o‘rniga yeydi. Shariatda H. 
hisoblangan narsani halol deb e’tiqod qilgan odam kofir bo‘ladi. H.ga ota-onaga oq 
bo‘lish, zinokorlik, ribo (sudxo‘rlik), sehrgar va folbinlarga ishonish, o‘g‘rilik, qaroqchilik, 
poraxo‘rlik, josuslik, chaqimchilik, yolg‘onchilik, qotillik, nohaq qon to‘kish, xiyonatkorlik, 
o‘likka dod-voy solib yig‘lash, savdo-sotikda g‘irromlik, g‘iybat, tuhmat kabilar H. 
amallardir. Yeyiladigan narsalardan to‘ng‘iz, vahshiy hayvonlar, o‘zicha o‘lgan halol 
hayvonlar, so‘yilganda oqqan qon, "bismilloh" aytmay so‘yilgan halol hayvon go‘shtlari, 
dinsiz (majusiy)lar so‘ygan hayvon go‘shtlari, mast qiluvchi ichimlik va giyoxlarning 
hammasi islom shariatida H. qilingan. Bulardan tashqari erkaklarga tilla narsa taqish, 


Islom Ensiklopediyasi 

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   426




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin