ISROILIYOT - yahudiylar va nasroniylardan o‘tib qolgan oldingi ummatlarning va
nabiylarning qissalariga tegapshi rivoyatlar. Tavrot va Injilda vorid bo‘lgan xabarlar
qisman Qur’oni karimda ham zikr etilgan. Mas., Odam(as) va uning yerga tushishi
qissasi, Muso(as) bilan qavmi yahudiylarga tegishli nakdlar, Iso(as) va onalari Maryam
haqidagi rivoyatlar va h.k. Bularning hammasi Qur’oni karimda va’z va ibrat uchun
muxtasar hodda bayon etilgan. Keyinchalik musulmonlar mana shu muxtasar
xabarlarning tafsilotini avvalgi ummatlarning rivoyatlarida ko‘rishgan va ularni
o‘rganishgan, iqtiboslar olishgan. Lekin bu ma’lumotlarning sahixdigaga ko‘p ham e’tibor
berishmagan. Holbuki, Alloh taolo ahli kitoblar o‘zlariga berilgan Kalomni o‘zgartirib
yuborganlarini Qur’onning bir qancha o‘rinlarida bildirgan edi. Nabiy (sav) ashobiga ahli
kitob bilan qanday munosabatda bo‘lishni o‘rgatib: "Ahdi kitobni tasdiqlamanglar,
yolg‘onchi ham qilmanglar", degan edilar. Lekin musulmonlar bunga yengil qaradilar,
ma’lumot olishda e’tiborsizlik qildilar. Natijada I. tafsir kitoblaridan talaygana joy oldi.
Ilarning masdari, asosan, 4 kishining nomi bilan bog‘likdir. Ular Abdulloh ibn Salom,
Ka’bul Ahbor, Vahb ibn Munabbah (bu ikkalasi tobe’in), Abdulmalik ibn Abdulaziz ibn
Jurayj.
Ulamolar I.larni 3 qismga ajratganlar: 1. Maqbul xabarlar. Ularning sahihligi
Payg‘ambar(sav) hadislari orqali bilingan. Mas., sobiq kitoblarda zikr etilgan Hizr
(as)ning ismi Buxoriy rivoyat qilgan hadisda ham uchraydi. 2. Sukut qilinadigan xabarlar. Ularning rost yoki yolg‘onligi ma’lum emas. Bu turdagi rivoyatlarni nasihat va
ibrat uchun loyiq bir suratda hikoya qilish joiz. 3. Inkor etiladigan xabarlar. Ular
islom diniga va sog‘lom aqlga xilofdir. Mas., Iso (as)ning xochga osilgani haqidagi
rivoyatlar. Bu xabarlarni tasdiqlash, qabul etish, rivoyat qilish mumkin emas. Biron
zarurat tufayli naql etilgan takdirda unga izoh berishlik vojibdir. Ko‘pgina tafsirlar bu
nosahih xabarlar tufayli ishonchlilik darajasini yo‘qotgan. Allomalar o‘z asarlarida I.larni
to‘la aniqlab berganlar.