Islom
Ensiklopediyasi
www.ziyouz.com kutubxonasi
140
Ularning faol da’vatlari tufayli Shim. Afrikada Fotimiylar halifaligiga asos solindi. 10-a.
oxirida Mag‘rib, Misr, Suriya, Falastin, Hijozda I. hokimiyati o‘rnatildi. 11-a. oxirlarida I.
o‘rtasida taxt vorisligi xususida nifoq chiqib, ular nizoriylar bilan musta’liylarga bo‘linib
ketdi. Nizoriylar Fotimiylar xalifaligiga kirmaydigan sharqiy islom mamlakatlari (Eron,
Suriya va b.)da ustun edi. Musta’liylar esa, Misr va g‘arbiy islom mamlakatlarida
hukmronlik qildi. Hindiston (Bombay)dagi hoz. I. jamoalari musta’liylarning ma’naviy
vorislaridir. 11-a. oxirlarida Suriya, Livan, Iroq va Eronning tog‘li
joylarida harakat
qiluvchi nizoriylar ta’qibotlardan qochib, asta-sekin Hindistonga ko‘cha boshladi. 19-
a.ning 1-yarmidan nizoriylarning ma’naviy rahbari Og‘axon unvoni bilan yuritiladi.
Nizoriylarning Hindiston va Keniyadagi qarorgohlaridan turli mamlakatlarga nizoriylar
ta’limotining targ‘ibotchilari yuboriladi. 17-a. boshlarida musta’liylarning ham diniy
markazlari Hindiston (Gujarot)ga ko‘chdi. Hindistonga borib o‘rnashgan musta’liylar
dovudiylar deb, Yamanda qolganlari esa sulaymoniylar deb atala boshladi, ular o‘rtasida
hech qanday aqidaviy tafovut yo‘q.
Umuman, I. ta’limotiga kelganda, u ikkiga: zohiriy (tashqi) - ochiq va botiniy (ichki) -
maxfiy ta’limotlarga bo‘linadi. Zohiriy ta’limot shialarning umumiy ta’limotidan kam farq
qiladi, u firqaning maxfiy ta’limotidan bexabar bo‘lgan oddiy I. ommasiga mo‘ljallangan.
Botiniy ta’limotni movarounnahrlik an-Nasafiy (942 y. v.e.) asoslab berdi. Unga ko‘ra,
mutlaq xudo o‘zidan quyi bo‘lgan 7 ta pog‘onani ajratadi (emanatsiya), ya’ni:
mutlaq
xudo, olamiy aql, olamiy jon, birlamchi materiya, fazo, vaqt va komil inson (ya’ni
payg‘ambar). Kamolotga erishgan inson (al-inson al-komil), I. ta’limoti bo‘yicha, o‘zvda
"olamiy akd"ni aks ettirgan notiq (gapiruvchi) bo‘lib, u payg‘ambar maqomida bo‘ladi va
vahiyni insonlarga yetkazib beradi, o‘zida "olamiy jon"ni aks ettirgan somit (jim
turuvchi) esa, oyatlardagi botiniy mazmunni tushuntirib beradi. I.
tasavvurida insoniyat
tarixi Odamatodan Qoimgacha bo‘lgan "buyuk davr"dir. U 7 "fitra"dan iboratki, ularning
har biriga muayyan notiq (payg‘ambar) to‘g‘ri keladi: Odam (as), Nuh (as), Ibrohim
(as), Muso (as), Iso (as), Muhammad (sav). Har bir payg‘ambar davrining yettinchi
imomi keyingi payg‘ambar (notiq)ga aylanadi. Demak, Ismoilning o‘g‘li Muhammad -
yettinchi imom, u Qoim qiyofasida yettinchi payg‘ambar bo‘lib kelishi va "qiyomat qoim"
gacha hukm surishi kerak. I. ta’limoti, xususan, qarmatiylar
mafkurasi islom dinining
o‘ta so‘l maslaga bo‘lgan. O’rta asr tafakkurining yirik namoyandalari Rudakiy, Ibn Sino,
Abu-l-Alo al-Ma’arriy va b.ga qarmatiylar mafkurasi ta’sir ko‘rsatgan. Mashhur shoir va
mutafakkir Nosir Xisrav esa, I.ning yirik namoyandalaridan biri edi. Hoz.
davrda
nizoriylar Suriya, Eron, Afg‘oniston shimoli, Tog‘li Badaxshonda, musta’liylar Yaman,
Hindiston, Pokiston, Misrda, druzlar Suriya va Livanda bor.
Dostları ilə paylaş: