Microsoft Word islom ensik ziyouz com doc



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə185/426
tarix06.07.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#62664
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   426
Islom Ensiklopediyasi

 
JANOZA NAMOZI - vafot etgan musulmonlar uchun jamoat bo‘lib o‘qiladigan namoz. 
Mayyit yuvilib, kafanlanadi, masjidga keltiriladi. Jamoatning oldiga yuqoriroq yerga 
qo‘yiladi. Imom jamoatning oldiga o‘tib J.n.ni o‘qiydi. J.n.ni o‘quvchi kishi avval: "Niyat 
qildim ushbu marhum uchun J.n.ni o‘qimoqqa, iqtido qildim ushbu imomga. Xolisan 
lillohi Taolo", deb niyat qiladi. Imom baland ovoz bilan, qolganlar imomga iqtido qilib 
ichda "Allohu Akbar" deb qo‘llarini bog‘laydi. Iqtido qilib o‘quvchi ichida takbir aytib 
qo‘llarini bog‘laydi. So‘ngra ovoz chiqarmasdan "Sano"ni o‘qiydi: "Subhanakallohumma 
va bihamdika va tabarokasmuka va ta’ala jadduka va la ilaha g‘oyruk". So‘ngra imom 
bilan birgalikda takror takbir aytiladi. Lekin qo‘llar ko‘tarilmaydi. Solli va Barik duolari 
o‘qiladi. Takror yana qo‘llar ko‘tarilmagan holda takbir aytiladi, janoza duosi o‘qiladi. 
Janoza duosini bilmaydiganlar esa, Qunut duosini yoki duo niyati bilan Fotiha surasini 
o‘qisa ham bo‘ladi. So‘ngra imom bilan birgalikda takror takbir qilinib oldin o‘ngga, keyin 
chapga salom beriladi. J.n. o‘qilib bo‘lganidan keyin mayyit mozorga olib boriladi, qabrga 
qo‘yiladi, ruhdariga bag‘ishlab Qur’on tilovat va duo qilinadi. 
 


Islom Ensiklopediyasi 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
151
JA’FAR as-SODIQ, to‘liq ismi Ja’far ibn Muhammad Abu Abdulloh (taxm. 700-765) - 
shialiqdagi ja’fariylik mazhabi asoschisi, shialarning 6-imomi. "Sodiq" laqabini to‘g‘ri so‘z 
bo‘lganligi uchun olgan. Madinada tug‘ilgan. J.as-S. nasabi ota tomondan hazrat Aliga, 
ona tomondan hazrat Abu Bakr Siddiqqa. borib taqaladi. J.as-S. siyosiy faoliyatda 
mutlaqo qatnashmagan, imomlikka da’vogarlik ham qilmagan. U hokimiyat uchun qurolli 
kurash olib borishning dushmani edi, o‘z qarindoshlarining (739-740 y.larda Zayd ibn 
Alining Kufada, 762 y. Muhammad an-Nafs az-Zakiyning Hijozda) chiqishlarini 
qoralagan. Lekin diniy fanlar (hadis, tafsir, fiqh)ni o‘rganishda oilaviy an’anani davom 
ettirgan va "mo’tadil" shialarning ma’naviy rahbari bo‘lgan. U fiqh va ilohiyot masalalari 
muhokama qilinadigan majlislar tashkil etgan. Rasululloh avlodlari (ahdi bayt)ning eng 
ko‘zga ko‘ringan olimlaridan biriga aylangan. J.as-S. din usullarini ishlab chiqqan. Uning 
kimyoga oid bir necha risolalari bo‘lgan. Hoz. ba’zi musulmon ulamolari J.as-S. "arab 
ilmiy an’anasining otasi" degan fikr bildiradilar. 
JA’FARIYLIK - shialikdagi diniy-huquqiy mazhab. Unga Ja’far as-Sodik, asos solgan, 
deb hisoblasalar-da, aslida 9-10-a.larda bir necha mujtahid va ilohiyotchilar tomonidan 
ishlab chiqilgan. J. sunniylikdaga 4 mazhab (hanafiylik, molikiylik, shofi’iylik va 
hanbaliylik) qatori islomda 5-diniy-huquqiy mazhab (imomiylar) deb tan olingan. J. 
imomiylik yoki isnoash’ariylar deb ham yuritiladi. Shialikdagi imomiylik mazhabi o‘zining 
shariat hukmlarini Imom Ja’far as-Sodiq(ra) fiqhidan olgani uchun J. deb nomlanadi. Bu 
mazhabda ijtihod eshiklari ochiq hisoblanib mujtahid Qur’on va sunnatga tayangan holda 
ijtihod qilishi mumkin. J. mazhabining sunniylikdagi mazhablardan asosiy farqi: 
ja’fariylar qiyosni Qur’on, sunna, ijmo’dan keyingi shariat manbai ekanligini rad qiladi, 
shialikdagi imomlar naqllarinigina tan oladi, vaqtinchalik nikoh (mut’a)ga yo‘l qo‘yadi, 
xavf paydo bo‘lgan chog‘da o‘z e’tiqodlarini yashiradi, ijtihod (diniy va huquqiy masalalar 
bo‘yicha mustaqil fikr yuritish)ga imkon yaratadi. J. 16-a. boshlaridan Eronda hukmron 
diniy-huquqiy mazhabga aylangan.

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   426




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin