Microsoft Word islom ensik ziyouz com doc



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə187/426
tarix06.07.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#62664
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   426
Islom Ensiklopediyasi

 
JIN (arab. to‘silgan, ya’ni odamlar ko‘zidan to‘silgan narsa; ko‘pligi - ajina) - Alloh 
yaratgan uch toifadagi aqlli mavjudotlardan biri (farishtalar va odamlar bilan bir 
qatorda). Qur’oni karim nozil bo‘layotgan paytda arab qabilalari Jlarga maxfiy, 
noravshan xudolar deb e’tiqod qilardilar. Ular J.larning nasabi Alloh taologa yetib boradi, 
uning J.lardan sheriklari bor, degan buzuq e’tiqodga ham bo‘ysunishardi. Shuningdek, 
arablar J.lar g‘oyibdan xabardor, folbin va munajjimlarga osmon sirlarini aytib turishadi, 
degan o‘yda edilar. Arablarda Jlarning hukmi yer yuzida o‘tadi, degan xom xayol bo‘lib, 
agar ulardan birortalari ma’lum bir yerga borib yotib qolmoqchi bo‘lsalar, "Ushbu joyning 
xo‘jayin J.idan panoh so‘rayman", degan ma’nodagi duoni qilishardi. Hoz. vaqtgacha 
kishilarda yuqoridagi aytiladiganlarga o‘xshash turli-tuman buzuq, bid’at-xurofotdan 
iborat tushunchalar mavjud va ular bu yolg‘on e’tiqodga bo‘ysunadilar. Islom 
ilohiyotchilari J.larning mavjudligini tan oladilar. Shu bilan birga J.lardan kutiladigan 
mavhum qo‘rqinch va xavfu xatarni ham rad etadi. J.lar haqiqatda bor mavjudotlar 
bo‘lib, asli o‘tdan yaratilgan. J. so‘zining lug‘aviy ma’nosi avval aytilganidek, to‘silgan 
degani, ya’ni odamlar ko‘zidan to‘silgan narsa. Shu sababli ham u insonlarga 
ko‘rinmaydi. Ular o‘zlari ko‘rinmay turib, odamlarni va b. narsalarni ko‘rishlari mumkin. 
Shu bilan birga turli shakllarga kirishlari ham mumkin. J.lar erkak va ayol jinsiga 
mansub, dashtu biyobonlar, tog‘ va o‘rmonlarda yashaydi. Ular bir necha toifadan iborat, 
g‘ul, ifrit, silot toifasidagilari mashhur. Shaytonlar J.larning yovuzlaridir. Qur’onga ko‘ra, 
Muhammad (sav)ni Alloh insonlarga ham, J.larga ham yuborgan. J.larning bir qismi 
Rasululloh tomonidan o‘qilgan Qur’on tilovatini eshitib, dinga e’tiqod qo‘ygan va islomni 
targ‘ib qilgan. Ularning ichida ham xuddi odamlarga o‘xshab imonsiz-imonli, yaxshi-
yomon, adashgan va hidoyatda yurganlari, firibgar va soddalari bor. J.lardan ham 
Qur’onga, Payg‘ambar (as)ga imon keltirib yaxshi yo‘lda yurganlari jannatga, imonsiz 
bo‘lib yomon yo‘lda yurganlari do‘zaxga tushadilar. Ular odamlarga hech qachon yordam 
bera olmaydilar va g‘oyib sirlarini bilmaydilar, chunki Qur’oni karim nozil bo‘lgandan 
so‘ng ular bu xislatlardan mahrum bo‘lganlar. "Saba’" surasida bir guruh J.lar Sulaymon 
(as)ga xizmatkor bo‘lganliklari, u zot hassaga suyanib turib vafot etganliklaridan so‘ng 
ham tirik, kuzatib turibdi, deb o‘ylab, mashaqqatli ishda davom etganliklari haqidagi 
oyatlar bor. 
Islomdan avvalgi vaqtda Jlar osmonga chiqib maloikalarning o‘zaro suhbatlarini, 
jumladan yaqin kunlarda sodir bo‘ladigan ba’zi ishlar haqidagi ma’lumotlarni yashirin 
eshitib, yerdaga folbinu munajjimlarga birga o‘nni qo‘shib yetkazishar edi. Oradan ancha 
vaqt o‘tib, osmon xabariga quloq osgani chiqsalar, ularni yulduzlardan uzilib chiqqan 
uchqunlar urib haydaydigan bo‘lib qolibdi. Ular yerga o‘z qavmlari huzuriga qaytib, 


Islom Ensiklopediyasi 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
153
"Nima bo‘ldi ekan, bizni uchqunlar quvadigan bo‘lib qoldi-ku? deyishadi. Shunda 
ba’zilari, dunyoda ulkan, olamshumul o‘zgarish bo‘lgan bo‘lsa kerak, deyishadi. Mashriqu 
mag‘ribni kezib bizdan osmon xabarini to‘sgan narsani qidirish zarur, degan qarorga 
kelib, safarga otlanadilar. Rivoyatlarda naql qilinishicha, Nasiybin nomi bilan ataluvchi 
joyda yashovchi J.lardan yetti nafari Payg‘ambarimiz (sav) bomdod namozini qiroat 
qilayotganlarini eshitib to‘xtashgan, bizdan osmon xabarini to‘sgan narsa shu, deb o‘z 
qavmlariga qaytib, bo‘lgan hodisani aytadilar. Shunda Alloh taolo O’z Payg‘ambariga 
"Jin" surasini nozil qildi.

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   426




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin