Microsoft Word islom ensik ziyouz com doc



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə199/426
tarix06.07.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#62664
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   426
Islom Ensiklopediyasi

www.ziyouz.com kutubxonasi 
162
KALOM (arab. - ravon nutq, jumla, gap, so‘z) - islom ilohiyot ilmi. 8-a.da arab 
xalifaligida paydo bo‘lgan. K. islom diniy ta’limotini asoslashga harakat qiladi. K. 
tarafdorlari mutakallimlar deyiladi. K. turli diniy-siyosiy guruhlar (xorijiylar, qadariylar, 
jabariylar, murji’iylar va h.k.) paydo bo‘lishi bilan bog‘liq bahslar jarayonida vujudga 
keldi va taraqqiy qildi. Ulamolar ilmi K.ning ta’rifida ham bir necha xil fikrlar aytganlar. 
Eng qad. ta’rif Abu Nasr Forobiyga tegashli bo‘lib, u, "Kalom sinoati ila millatning 
asoschisi aytgan chegaralangan gap va ishlarga nusrat berilur va unga xilof qilgan 
barcha so‘zlarni behudaga chiqarilur", degan. Ilmi K. haqida Razoliy quyidagilarni aytadi; 
"U bir ilm bo‘lib uning maqsadi ahli sunnaning aqidasini ahli bid’atning tashvishidan 
muhofaza qilish va qo‘rikdashdir. Alloh taolo O’z bandalariga O’z payg‘ambari tilida haq 
aqidani ilqo qildi. Unda ularning dini va dunyosining salohi bordir. Shuningdek, uning 
haqida Qur’on va xabarlar nutq qildi. So‘ngra shaytonlar o‘z vasvasasi ila bid’atchilarga 
sunnatga xilof ishlarni ilqo qildi. Ular o‘sha ishlarni gapirdilar va ahdi haqning aqidasini 
buzmoqchi bo‘ldilar. Bas, Alloh bir toifa mutakallimlarni paydo qildi va ularning 
himmatini tartibga solingan kalom ila sunnatning nusrati yo‘lida harakatga soldi. Shu 
orqali axli bid’atning sunnatga xilof ravishda chiqargan aldamchiliklari fosh qilinadi. Ana 
shunday ilmi kalom paydo bo‘ldi". Ilmi K. paydo bo‘lgan vaqtga kelib aqidaga oid 
masalalarga avvalgi vaqtlarga o‘xshab faqat Qur’on va sunnatdan dalil keltirish bilan 
kifoyalanib bo‘lmay qolgan edi. Qarshi taraf aqliy dalil ham keltirishni talab qilar edi. 
K.ga xos uslub va mavzular majmui birinchi bor al-Ja’d ibn Dirham (742 y. qatl etilgan) 
ijodida uchraydi. U doimo aql-idrokka tayanish talabini ilgari surdi va faqat inson 
salohiyati ojizlik qilgan hollardagina Qur’on oyatlarini ramziy-majoziy ma’noda talqin 
qilish mumkin, deb hisobladi. Uning shogirdi Jahm ibn Safvon (745 y. qatl etilgan) 
ustozining g‘oyasini davom ettirdi. Jahmning qarashlari mu’taziliylarga yaqin bo‘lgani 
bois odatda bu ikki ta’limotni bir-biridan farklamaydilar. Mu’taziliylarning K.i 9-a.ning 1-
yarmida ravnaq topdi. Ammo, xalifa al-Mutavakkil (847-861) davrida quvgan ostiga 
olindi. 
Ma’lum vaqtgacha sunniylikda mu’taziliylarning falsafiy dalillariga qarshi kurashda 
g‘oyaviy kurol rolini o‘ynashi mumkin bo‘lgan aqoidlar tizimi mavjud emas edi va faqat 
Qur’on hamda hadislarga havola kilish bilan cheklanilardi. Aynan mu’taziliylar o‘zlarining 
mantiqiy-falsafiy isbotlash uslublari bilan haqiqiy islom yo‘li shakllanishiga bevosita ta’sir 
ko‘rsatdi. Bunday tizim 10 a.ga kelib ishlab chiqildi va uni K.ni aqidaparastlar bilan 
murosaga keltirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan al-Ash’ariy (873-935) va al-
Moturidiy (870-944) amalga oshirdilar. Natijada K.ning ash’ariy va moturidiylik maktabi 
vujudga keldi. 
Mashhur musulmon ulamolari ilmi K. haqida o‘z zamonlari va bilimlariga qarab turlicha 
fikr biddirganlar. Imom Abu Hanifa ilmi K.da "al-Fiqhul Akbar" nomli kitob yozgan va 
"dindaga fiqh ilmdagi fiqhdan afzaldir. Chunki, dindagi fiqh asldir. Ilmdagi fiqh far’dir. 
Asl far’dan afzalligi ma’lumdir" degan. Imom Molik, Ahmad ibn Hanbal, Jaloliddin Suyutiy 
va Ibn Abdul Barrlar ham bu ilm haqida salbiy fikrda bo‘lganlar. Imom Abul Hasan al-
Ash’ariy ilmi K.ni madh etib kitob yozgan. Imom G’azoliy o‘rtacha yo‘l tutgan va ilmi 
K.da yaxshi taraf ham salbiy taraf ham borligani ta’kidlab, u bilan faqat mutaxassis 
olimlar mashg‘ul bo‘lishi kerakligani uqtirgan. Bu fikrlarni tadqiq qilib o‘rgangan olimlar, 
ilmi K.ni, xususan, undagi adashuvlarni tanqid qilganlar. Uni madh qilganlar esa, foydali 
taraflarini e’tiborga olganlar. Shuning uchun uning ijobiy taraflaridan ko‘p narsani 
o‘rgansa bo‘ladi, deydilar. 
Boqilloniy (1013 y. v.e.), al-Juvayniy (1085 y. v.e.), ash-Shahristoniy (1153 y. v.e.) va 
ar-Roziy (1209 y. v.e.)lar ash’ariylik maktabining yirik namoyandalaridir. Ash’ariylar 
zohiran o‘zlarini mu’taziliylarga qarshi qo‘yib, hanbaliylar bilan murosa qilishga intilgan 


Islom Ensiklopediyasi 

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   426




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin