Islom Ensiklopediyasi
www.ziyouz.com kutubxonasi
161
firqasi kamayib, keyinchalik (9-a. o‘rtalarida) tamoman yo‘qolib ketgan, shialarning
ko‘pchiligi tomonidan Ali Asqar 4-imom sifatida tanilgan.
KALIMAI SHAHODAT (arab. - guvohlik kalimasi) - islom dinidagi 5
asosiy arkonning
birinchisi. Unga ko‘ra "Allohdan o‘zga iloh yo‘q. Muhammad Uning rasulidir" -degan
kalimani til bilan aytib, dil bilan tasdiq etish shart qilingan.
Bu kalimani inson til bilan
aytsa-yu, dili bilan tasdiqdamasa, ya’ni o‘zi ishonmasa, unday kishi islomda munofik,
hisoblanadi. Lekin,
dilida ishonsa-yu, tili bilan aytishdan bosh tortsa, u ham shar’an
musulmon hisoblanmaydi. Demak, mo‘minlikning 2 sharti bo‘lib, ularning birinchisi -
Muhammad (sav)ning Alloh tomonidan keltirgan barcha xabarlarga
til bilan iqror etish,
ikkinchisi - shu xabarlarni dil bilan tasdiq etishdir. Sunniy-hanafiy ta’limoti shundan
iborat. Lekin ba’zi islomiy aqida va oqimlar bunga xilof ravishda imonning sharti 2 ta
emas, 3 ta deb, ibodat va amallarni to‘la bajarishni -imonning uchinchi sharti sanashadi.
Bu bilan ular ko‘pchilik musulmonlarni kofirlar safiga qo‘shib qo‘yishadi. Vaholanki, imon
bilan kufr e’tiqodiy
masalalar turiga, amaliy ibodatlar yoki gunoh va jinoyatlar alohida
boshqa masalalar turiga oiddir. Imon bilan birga amal ham bo‘lsa, nur ustiga nur. Amal
qilmasa yoki gunoh ishlarni qilsa, (moturidiylik aqidasiga ko‘ra) kofir bo‘lmaydi,
balki
gunoxdor bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: