Microsoft Word islom ensik ziyouz com doc



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə205/426
tarix06.07.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#62664
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   426
Islom Ensiklopediyasi

KUBROVIYLIK — tasavvuf tariqati. 13-a. boshida Xorazmda Najmiddin Kubro asos 
solgan. K. tasavvufning O’rta Osiyodagi maktabi bo‘lib, ma’naviy vorislik zanjirini Ma’ruf 
al-Karxiy (816 y. v. e.) orqali Abu Bakr yoki Ali ibn Abu Tolibga taqaydilar. K.da tariqat 
a’zolarining yagona tashkiliy tizimi bo‘lmagan. Ularni ta’limotning ruhi va maqsadi 
birlashtirgan. Kubroning shogirdi Sayfiddin Boharziy tomonidan Buxoro yaqinidagi 
Soktariy qishlog‘ida tashkil etilgan xonaqoh N. Kubro nomi bilan atalgan. Bu yerda K. 
tariqati 18-a.ning oxirlarigacha keng tarqalgan edi. Uning a’zolari Kubro g‘oyalarini 
Xitoyning g‘arbiy chegaralarigacha yoydi. Keyinchalik K.ning bir qancha mustaqil 
shaxobchalari vujudga keldi. Bular -firdavsiya, nuriya, rukniya, hamadoniya oliya, 
ig‘tishoshiya, zahabiya, nurbaxshiya. K. ta’limotiga ko‘ra, har bir kishi kamolotga 
erishish uchun 10 asosga tayanmog‘i kerak. 1. Tavba - o‘z xohishi bilan Haq taologa 
qaytish; Xudoning amrisiz, kishining o‘z ixtiyori bilan Xudoni sevishi, o‘zining "men"idan 
kechishi. 2. Zuhd fi dunyo - barcha dunyoviy narsalardan tiyilish. 3. Tavakkal - barcha 
ishlarni qilishda Xudoning mehribonligi va qudratiga umid bog‘lash. 4. Qanoat - hayot 


Islom Ensiklopediyasi 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
168
kechirishda oz narsa bilan qanoatlanish, mo’tadillik, tuban mayllardan ozod bo‘lish. 5. 
Uzlat - tanholikda bo‘lish, ruhni mustahkamlash, his-tuyg‘ularni jilovlash. Uzlatga ketish 
hissiyotlarning bosilishiga olib keladi. 6. Mulozamat az-zikr (uzluksiz zikr) - Xudoning 
ismini yod qilib turish, butun qalbni U bilan to‘ldirish. Shundagina pastkashlik, hasad, 
ochko‘zlik, ikkiyuzlamachilik kabi razilliklar kishi ko‘ngliga yo‘l topa olmaydi. 7. Tavajjuh 
-butun vujud bilan Xudoga murojaat qilish, Unga cheksiz muhabbat qo‘yish, undan 
boshqa narsa borligani his etmaslik. 8. Sabr - o‘z ixtiyori bilan mashaqqatlar chekib 
bo‘lsa ham, nafs doirasidan o‘zini olib qochish. To‘g‘ri yo‘ldan adashmasdan borish 
uchun kishi o‘z mayllarini so‘ndirishi lozim. Shundagina dil kuduratlardan poklanadi, ruh 
nafs natijasida zanglab qolgan bo‘lsa, jilo topadi. 9. Muroqaba (tafakkurga g‘arq bo‘lish) 
- qalb poklangani va tuban ehtiroslardan xoliligini tuyib, xotirjam bo‘linganini eslab 
xayolga cho‘mish, Xaq taolo rahm-shafqatini kutib turish holati. 10. Rizo - so’fiy endi 
xudo uni sevib qolganligani, Alloh ko‘nganligini sezadi, uning uchun ana shu muhimdir. 
Xudoga bo‘lgan muhabbat so’fiyning shaxsiy his-tuyg‘u sifatini yo‘qotib, yangi 
ko‘rinishda -Allohning istak-xohishi tarzida namoyon bo‘ladi. Rizolik maqomi Haqqa 
yetishganlikni bildiradi. Hozir ham K. ko‘rinishlarini uchratish mumkin. 

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   426




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin