Islom Ensiklopediyasi
www.ziyouz.com kutubxonasi
166
birinchi uy - Makkadagi muborak va butun olamlar uchun hidoyat (mayog‘i) bo‘lgan
Ka’badurki..." degan oyati (3:96) zarhal yozuvda bitilgan. Shuningdek, K.ga Qur’onning
yana boshqa sura va oyatlari yoziladi. Ka’baga kiriladigan eshik maxsus zarhal bilan
qogshangan bo‘lib, unga ham Qur’on oyatlari bitilgan. Muhammad (sav) hayotliklarida K.
Yamanda tayyorlanardi. Xalifa Umar zamoniga kelib K. Misrda to‘qiladigan bo‘ldi.
Xalifa
Ma’mun (813-833) davrida K. har yili uch marta yangilab turilgan. Xalifa Mutavakkil
(847-861), esa har ikki oyda Ka’batullohga yangi K. yuborgan. Xalifa Umar boshlab
bergan an’ana davom ettirilib, K. 1924 y.gacha Misrda tayyorlandi. Har yili yangi K. haj
safariga chiqqan misrlik ziyoratchilar bilan birga Makkaga keltirilardi. Avvalgi K.
devordan olinib, Ka’ba xazinabonlari va Makka sharifi ixtiyoriga topshirilardi. 1443-1452
y.lari Shohruh Mirzo Misr K.si bilan birga Movarounnahrda tayyorlangan
maxsus
ka’bapo‘sh yopilib turishiga erishgan. 1925 y. qirol Abdul Aziz Makkada ixtisoslashgan
fabrika ochib, unda qora rangli tabiiy shoyidan K. tiktirdi. Shundan boshlab Ka’ba K.si
faqat Saudiya Arabistonida tayyorlanadi. Saudiya Arabistoni podshohi Fahd ibn Abdul
Aziz O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovga tuhfa qilgan K. - Ka’bapo‘sh
parchasi hozir Imom Buxoriy yodgorlik majmuida masjid devoriga osib qo‘yilgan.
KOMIL INSON - tasavvuf falsafasining asosiy tushunchalaridan biri. Har jihatdan yetuk
kishi. Axloqiy jihatdan
oliy poklikka erishgan, borliq va Allohni anglashda to‘liq bilimga
ega bo‘lgan va natijada Haqqa yetishgan (yoki Qur’on oyatlarining tub mohiyatini
tushunadigan) inson. Tasavvuf ta’limotiga ko‘ra, Alloh K.i.da o‘zining barcha xislat va
alomatlarini bamisoli ko‘zguda ko‘rgandek ko‘rib turadi. U borliqning
bir-biriga zid ikki
jihati: ma’naviy va moddiy jihatlarini birga qo‘shadi. Uning butun olam uchun bo‘lgan
favkulodda ahamiyati ana shundan kelib chiqadi, u - Koinotning botiniy hukmdori, Olam
yaratilishining sababchisi va maqsadidir. K.i. haqidagi ta’limot so’fiy faylasuf Ibn al-
Arabiy
tomonidan yaratilgan, keyinchalik uning izdoshlari, jumladan O’rta Osiyoda
Ahmad Yassaviy,
Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy va b. tomonidan rivojlantirilgan.
O’zbekiston mustaqshshikka erishgach, K.i.ni voyaga yetkazish milliy istikdol
mafkurasining asosiy vazifalaridan qilib qo‘yildi. Prezident I.Karimov asarlarida K.i.ni
voyaga yetkazish vazifalari atroflicha bayon etilgan.
KOTIB - yozayotgan kishi, qayta ko‘chiruvchi, yozuvchi, mirza - amaldor. Dastlab K. -
o‘qimishli kishilar bo‘lgan, ular Muhammad (sav)ning so‘zlari,
farmoyishlari va
maktublarini yozib borganlar. Musulmon Davlatida boshqaruv tizimining murakkab va
kengtarmoqli bo‘g‘imi rivojlanishi jarayonida turli mansab pog‘onasidagi amaldorlar -
devondagi mirzalardan tortib idora boshliqlarigacha K. deb atalgan. Oliy K.lar guruhi (K.
as-sirr, K. al-insho, K. al-jayn) devonni tashkil etgan. Keyinchalik K. atamasini o‘rta va
quyi darajadagi (oliy darajadagilar uchun vazir nomi paydo bo‘ldi va b.) amaldorlarga
nisbatan qo‘llaniladigan bo‘lgan. K.lar uchun qo‘llanmalar, ularni
madh etuvchi va
haqorat qiluvchi asarlar yaratildi. Ko‘pgina shaxslar ularning avlodlariga ham o‘tadigan
al-K. unvoniga ega bo‘lishgan. K.lar amaliy yozishmalar va bejamdor devon uslubining
rivojlanishiga imkon tug‘dirganlar va bu bilan musulmon olami xalqlarining adabiyotiga
ta’sir ko‘rsatganlar.
KOHIN - g‘oyibdan xabar beruvchi, bashoratgo‘y. Islomdan
avvalgi Arabistonda
vasvasa holatida Alloh yoki uning vakili -farishta yoki jin bilan muloqot qilgan odam