LUT (as) - Qur’onda nomi zikr etilgan payg‘ambarlardan biri. Harron sh.
(Mesopotamiya) da tavallud topib, Ibrohim (as) bilan birga Falastinga borgan. Sadum,
Amura va uning atroflaridagi yerlarda chorvachilik bilan shugullangan. Payg‘ambarlik
darajasiga yetishgach, odamlarga pand-nasihat qilgan, Allohning birligiga imon
keltirishga chaqirgan. Biroq, axloqi buzuq Sadum aholisi bachchavozlik odatini tark
etmay, L.(as)ning o‘zini bu yurtdan haydab chiqarmoqchi bo‘ladi. Farishtalar unga oilasi
va imonli kishilar bilan birga (xotinidan tashqari, chunki xotini Allohning qahriga
uchragan edi) shahardan chiqib ketishni buyurganligi rivoyat qilinadi. Qur’onning "Hijr"
surasi, 61-65-oyatlari va 74-oyatida bayon qilingan. L. (as) ma’lum masofaga yetib
olgach, shahar ostin-ustun qilib yuborilgani, qavm ustiga sopol tosh yog‘dirshtgani
bayon etilgan. Hozir bu dinsiz qavm yashagan shahar o‘rnida dengiz mavjud bo‘lib, u
"O’lik dengaz" va "Lut oroli" deb nomlanadi.
LUTFULLOH, Chustiy bin Fathulloh (taxm. 1485, Fargona vodiysi, Axsikent mavzesi -
taxm. 1571) - natsshbandiylsh tariqatining mashhur namoyandasi. Axsikentdagi
madrasada tahsil oladi. Ilmini takomillashtirish maqsadida Samarqandga keladi. Ba’zi
manbalarda Xoja Ahrorning xalifasi Muhammad Qozi huzurida 6 yil tarbiyalangani va
sulukni o‘taganliga aytiladi. L.ga Mahdumi A’zamning istagi bilan "Farg‘ona va
Toshkentdagi barcha naqshbandiylik birodarlari" ishonib topshirilgan. L. bir necha marta
yashash joyini o‘zgartirgan. O’zining aytishicha, "qishloq ahlining fitnasi oqibatida"
ko‘chishga majbur bo‘lgan. Oxiri Chustga kelib, muqim bo‘lib qoladi. Bu yerda
dehqonchilik bilan tirikchilik o‘tkazadi. U shayboniylar orasida nufuz orttirishga muvaffaq
bo‘ladi. Shu bois o‘sha davrda davlatdagi ko‘pgana ichki nizolarni bartaraf etishga,
saroydagi ayrim bek va amirlarning g‘ayriqonuniy xatti-harakatlarini cheklab qo‘yishga
erishdi. Movarounnahrda kubroviylik tariqati yoyilgan bo‘lib, L. uning vakillarini ko‘p
marta rofiziylik (islom yo‘lidan chetga chiqish)da aybladi. L.ning izdoshlari ko‘p edi. Ular
Toshkent, Farg‘onadan tashqari Hisor hamda Movarounnahrning boshqa chekka
viloyatlarida 20-a.ning boshlariga qadar faoliyat ko‘rsatgan. L.ning ijodiy merosi haqida
ma’lumotlar kam. Manoqiblarda uning o‘z o‘quvchilariga tanbih tarzida yozilgan 2 ta
kichik risolasi tilga olinadi. L.ning qabri qaerdaligi aniq emas. Ba’zi manbalarda u
Chustga (bu yerda uning maqbarasi bor), boshqa manbalarda Hisorga dafn etilgan
deyiladi.