Islom Ensiklopediyasi
www.ziyouz.com kutubxonasi
172
- L -
LAVHUL MAHFUZ (arab. - muhofaza qilingan lavh) - Alloh
insoniyatning taqdirlarini
yozgan ulkan kitob; diniy manbalarga ko‘ra, oq durdan yasalgan, uzunligi yer bilan
osmon oralig‘icha, eni Mashriq bilan Mag‘rib oralig‘icha, ikki sahifadan iborat. Uning
yonida yozuv qalami bo‘lib, uning ham kattaligi Lavhga mos keladigan shaklda.
U bir
ulkan farishtaning ko‘kragiga o‘rnatilgan bo‘lib, ustki qismi Arshi a’loga bog‘lab qo‘yilgan.
Alloh taolo hamma narsadan oldin mazkur Lavh bilan Qalamni yaratib, to qiyomatgacha
yaratadigan narsalarini va bo‘lajak ishlarni, ilohiy kitoblarni,
takdir va qazoni ham
Lavhga bitib qo‘ygan. "Ra’d" surasining 39-oyatiga ko‘ra, Alloh taolo undagi yozuvlardan
xohlaganicha o‘chirib, xohlaganicha o‘zgartirishlar kiritib turadi. L.M. to‘grisida Qur’oni
karimning Buruj surasi 22-oyatida, Zuxruf surasi 4-oyatida ("Ummul Kitob" nomi bilan),
Yosin surasi 12-oyatida (Imom nomi bilan) ham kelgan. Rasululloh (sav): "Albatta, Alloh
lavhul mahfuzni oq durdan yaratgandir. Uning sahifalari yoqutdandir. Qizildir. Qalami
nurdir. Kitobi nurdir. Unda har kuni Alloh uchun 360 lahza bor. Uning kengliga osmon
bilan yerning orasicha. Har kuni unga 360 marta nazar soladi. Xalq qiladi. Rizq beradi.
O’ldiradi. Tiriltiradi. Aziz qiladi. Xor qiladi. Xohlagan narsasini qiladi" -deganlar.
(Tabaroniy "Mu’jamul kabir"da rivoyat qilgan). Qur’oni karim
Alloh taolo huzuridaga
L.Mda saqlangan. Bu esa, uni Alloh taolo naqadar zo‘r qadrlaganini ko‘rsatadi. Alloh
taolo yetadigan har bir musibat -kasallik, ochlik, kambag‘allik, o‘lim va b., ular yuzaga
chiqishidan avval ham L.M.da, Allohning ilmiga sobit bo‘lishini ta’kiddagan.
Dostları ilə paylaş: