www.ziyouz.com kutubxonasi
178
tarafdorlari Sosoniylar davlatining borishi qiyin bo‘lgan chekka tumanlariga qochganlar.
M. islomning dastlabki asrlarida ham mavjud bo‘lgan, bu hakda ash-Shahristoniy, Yoqut,
Rashididdin, Hamdulloh Qazviniy va b. aytib o‘tishgan. Musulmon tarixchilarining bir
qismi M. g‘oyasining asosiy unsurlarini o‘zlashtirib olgan xurramiylarni M. bilan aynan bir
deb hisoblaganlar. Zardushtiylardan M. muqaddas olovga e’tiqod qilmasligi bilan ajralib
turadi. M. tarafdorlari arablar va mulkdorlarga qarshi 8-9-a.da ko‘tarilgan harakatlarda
(Abu Muslim, Sunbod mug‘, Muqanna, Bobak harakati va b.da) ko‘pincha xurramiylar,
shialar va xorijiylar bilan birga faol ishtirok etishgan.
MAZOLIM (hukm al-mazolim, yoki nazar al-mazolim - g‘ayriqonuniy harakatlarni ko‘rib
chiqishning qisqartmasi) - qilingan adolatsizlik ustidan tushgan shikoyatni davlat
boshlig‘i yoki uning vakili tomonidan ko‘rib chiqilishi, appelyatsiya (shikoyat) sudi.
Islomda M. tartibi johiliyat davrida nohaq chiqarilgan hukm ustidan qabilalararo va
qabila doirasida o‘tkazilgan ajrimlarga borib taqaladi.
Islomning dastlabki davrlarida bu tartib kam o‘zgargan. Lekin shikoyat arizasi berish
mumkin bo‘lgan yagona shaxs xalifaning o‘zi bo‘lgan va shu tufayli xohlagan paytda
unga murojaat qilishgan. Umaviylardan bo‘lgan to‘rtinchi xalifa Abdulmalik ibn Marvon
(685-705) shikoyatlarni eshitish uchun alohida kunlarni belgilagan va ularni hal etishni
o‘zining qozisi Ibn Idris al-Azdiyga topshirgan, o‘zi esa, uning chiqargan qarorini
tasdiqlagan. Bunday tajriba xalifa Umar ibn Abdulaziz davrigacha (717-720) saqlangan,
bu xalifa shikoyatlarni o‘zi ko‘rgan. Biroq, undan keyinga xalifalar avvalgi holatga qaytib,
bu vazifani qozi va vazirlarga topshirishgan. Xalifa Mahdiy (775-785) shikoyatlarni o‘zi
ko‘rgan, al-Muhtadiy davrigacha (869-870) shunday bo‘lgan, keyin esa, shikoyatlarni
xalifaning ishonchli kishisi sifatida vazirlar ko‘rgan. Hoz. paytda musulmon
mamlakatlarida an’anaga ko‘ra, M. deb huquqni nazorat qilish organlari va apellyatsiya
(shikoyat) sudlariga aytiladi.