Islom Ensiklopediyasi
www.ziyouz.com kutubxonasi
177
tarjimai hollari, adib va shoirlar haqida 239 ta asar yozgan. M.
asarlari keyingi asrlarda
yozilgan arab tarixchilarining kitoblariga asosiy manba bo‘lib xizmat qilgan. "Axbor al-
xulafo" ("Xalifalar xabarlari"), "Axbor quraysh" ("Quraysh qabilasi xabarlari"), "Kitob
futuh ash-Shom" ("Shom-Suriyaning bosib olinishi haqida kitob"), "Axbor shuaro"
("Shoirlar solnomasi"), "Tarix al-buldon" ("O’lkalar tarixi") kabi asarlar muallifi.
MADRASA (arab. - dars o‘qitiladigan joy, darsxona) - islomda o‘rta va oliy maxsus diniy
o‘quv yurti. Yaqin va O’rta Shark mamlakatlarida
ulamolar va maktabdorlar, davlat idora
xodimlarini tayyorlagan. Islom mamlakatlarida M. haqidagi ilk ma’lumotlar 10-a.ga oid
bo‘lib, ular Xuroson va Movarounnahrda joylashgan. 11-a.dan boshlab yetakchi o‘quv
yurtiga
aylangan, bungacha ta’lim masjidlarda va xususiy uylarda,
shuningdek,
mehmonxonalar, kutubxonalar, kasalxonalarda olib borilgan. M.lar vaqf hisobiga ta’sis
etilgan. M.da mudarrislar va b. xizmatchilar maosh,
talabalar stipendiya, o‘quv jihozlari
(daftar, kitob, kalam va b.) va turar joy bilan ta’minlangan. M.lar 11-12-a.larda O’rta
Osiyoning barcha yirik shaharlarida bo‘lgan. M.ga maktabni tugatgan o‘spirinlar
qabul
qilingan. O’rta Osiyodagi Mlarda arab va fors tilida yozilgan - Qur’on, hadislar,
shariat
qonunlari o‘rgatilgan. Ayrim Mlarda tibbiyot,
aruz ilmi, falsafa, geografiya va b. fanlar
o‘qitilgan. Hozir jahondagi ko‘p xorijiy musulmon mamlakatlarning M.larida diniy ta’lim
bilan birga dunyoviy bilimlar ham o‘qitiladi. Yana q. Diniy o‘quv yurtlari.
Dostları ilə paylaş: