Islom Ensiklopediyasi
www.ziyouz.com kutubxonasi
183
Samarqandda arab va fors tillarini puxta o‘rgandi, sharq falsafasi va tarixi bilan chuqur
tanishdi, matematika va astronomiya bilan shug‘ullandi. U "Ko‘kaldosh" madrasasining
boy kutubxonasidan unumli foydalandi. M. Buxoroda olim sifatida
shakllandi va Kursaviy
ilmiy merosi bilan tanishdi. U Kursaviyning islomdagi islohotchilik faoliyatini davom
ettirib, Buxoro madrasalaridagi o‘rta asrlarga xos o‘quv tizimini tanqid qildi,
Ahmad
Donish bilan hamkorlikda ma’rifatparvarlik g‘oyalarini tarqatishda jonbozlik ko‘rsatdi. M.
Buxoroda "Movarounnahr mashhur ulamolarining ahvoli va ishlari" hamda Kursaviyning
Buxorodaga faoliyati va mahalliy hokimiyat bilan murakkab munosabati to‘g‘risidagi
asarini yozdi. Turkiston tarixi va geografiyasiga oid ko‘plab asarlari mavjud, xususan,
uning 10-12-a.da Movarounnahr xonaqolari va tasavvufning ahvoli,
Turkistondan
yetishib chiqqan buyuk allomalar haqidagi tadqiqotlari diqqatga sazovor.
1850 y.da Qozondaga katta Jome’ masjidi imomi, 1867 y.da muhtasibi etib tayinlandi.
Ayni paytda Qozon tatar o‘qituvchilari maktabida dars berdi (1876-1884). Qozon un-ti
huzuridagi
Arxeologiya, tarix, etnografiya jamiyati a’zosi bo‘lgan dastlabki musulmon
olimlaridan. M. o‘zining falsafa va ilohiyotga oid asarlarida diniy islohotchilik va
ma’rifatparvarlik g‘oyalarini rivojlantirdi. 30
dan ortiq yirik asarlar, jumladan 7 jildli
"Vafii yat al-aslaf va taxiyat al-axlaf", 2 jildli "Mustafod al-axbar fi axvali Kozon va
Bulg‘or" asarlarining muallifi. Kursaviy, M., Ahmad Donishning islom
dinini isloh qilish va
ma’rifatparvarlik g‘oyalari keyinchalik jadidchilik harakatining vujudga kelishida
muayyan darajada xizmat qildi
Dostları ilə paylaş: