Islom Ensiklopediyasi
www.ziyouz.com kutubxonasi
181
o‘tishi bilan M. tariqati yo‘qolib, uning tarafdorlari qolmadi. Bu ta’limotning ba’zi jihatlari
naqshbandiylik tariqatida namoyon bo‘lgan.
MAMLUK ("egalik qilinadigan kishi") - qul,
sinonimi abd, lekin undan farkli o‘laroq hech
qachon ko‘chma ma’noda qo‘llanilmaydi (mas., "Allohning kuli" kabi). Dastlab M. -
tug‘ma quldan farqli ravishda faqat qo‘lga kiritilgan qul. Qur’onda bir marta abd mamluk
(16:75/77) shaklida uchraydi. M.lar deb harbiy qo‘shinda xizmat qiluvchi qul-jangchilar
atalgan. Ular ko‘pincha yuqori harbiy lavozimlarni egallab, bu
bilan hatto ozodlikka ham
erishganlar. 9-a.dan g‘ulom (o‘smir, qul-jangchi) so‘zining sinonimi sifatida, lekin odatda
oq gulomlarga nisbatan qo‘llanilgan; 12-13-a.larda M. atamasi Suriya va Misrda g‘ulom
istilohini siqib chiqargan. Ayyubiylardan bo‘lgan M. amirlari 1250 y. Misrda hokimiyatni
qo‘lga olgan bo‘lib, ular 14-a. o‘rtalarigacha rasman Abbosiylardan bo‘lgan xalifalarning
amirlari hisoblanganlar, so‘ngra mutlaqo mustaqil hukmdorlarga aylanishgan. 1250-
1290 y.larda hukmronlik qilgan sultonlar M.larning
Bahriy sulolasiga mansub; Burjiy
M.lari (1382-1517) o‘zaro qon-qarindoshlik rishtalari bilan bog‘lanmaganlar, ular •
guruhbozlik asosida birlashganlar. Butun mana shu davr mobaynida qullardan chiqqan
sultonlar o‘z qo‘shinlarini M.lar - turklar va kavkazliklardan to‘ldirganlar. Usmoniylar
tomonidan Misr bosib olingach (1517 y.), M.lar mamlakatning
harbiy mulkdor yuqori
tabaqasi sifatida saqlanib qolishgan; Istanbuldan tayinlanadigan posho mamlakatni
mamluk amirlaridan tashkil topgan kengash yordamida boshqargan. 1805 va 1811
yillarda turk lashkarboshisi, albanlardan bo‘lgan Muhammad
Ali Qohirada mamluklarning
barcha rahbarlarini qirib tashlagan.
Dostları ilə paylaş: