www.ziyouz.com kutubxonasi
180
MAKRUH (arab. - rad etilgan, qoralangan, nomaqbul) - shariat hukmlaridan biri (farz,
mandub, muboh, harom bilan birga). Qat’iyan taqiq qilinmagan, lekin nomaqbul
hisoblangan va rad etilgan amallar M. hisoblangan. M. -Payg‘ambarimiz (as) qaytargan
ish demakdir. Har bir musulmon M. ishlarni qilishdan saqlanishi lozim. M. ishni
gunohidan qo‘rqib qilmagan kishi savobli, qilavergan kishi gunoxli bo‘lur. M. ishlarning
Mligini inkor qilgan kishi imondan chiqmasa-da, gunohkor bo‘lur. M. ishlar uchun jazo
belgilanmagan. M. amallarga diniy burchni bajarish paytdagi ba’zi holatlar, xasislik,
berahmlik, dabdabalik va isrofgarchilikka moyillik, oilaviy va ijtimoiy burchga
mensimaslilik bilan qarash, birovni yo‘q yaxshi sifatlar bilan maqtash, boshqa dindagilar,
balog‘atga yetmagan bilan nikohga kirish va b. kiradi. Mazhabga ko‘ra, M.ga aslida man
etilgan ba’zi taom va ichimlik turlari kiradi. M. tushunchasi halol bilan haromni ajratib
berishi bilan islomiy axloqning shakllanishida muhim o‘rin tutadi.
MAKTAB - yozishadigan joy; boshlang‘ich maktab; yozuv stoli, kabinet, idora, byuro.
Boshlang‘ich ("Qur’on" o‘qitishdan) maktabni anglatuvchi istiloh sifatida M. kuttobning
sinonimi holida qo‘llanilgan; to‘g‘ri, shunday holat ham qayd etilganki (11-a.da
Nishopurda), M.da 5 yoshdan boshlab faqat eng sodda ta’lim, kuttobda esa - 10
yoshdan e’tiboran keyinga ta’lim berilgan. 18-20-a.da M. so‘zi ko‘pincha usmoniylar
Turkiyasida, Volga bo‘yi, Qrim va O’rta Osiyoda ishlatilgan. Arab mamlakatlarida esa, uni
boshqa so‘z bilan (Kuttob va b.) ifodalashgan.
MALAKUT - oliy ilohiy hokimiyat, Allohning g‘oya va qarorlari, uning ilohiy sirlari
(asror)ning oliy olami. Qur’onda M. istilohi Allohning oliy hokimiyati ma’nosida kelgan va
u oddiy, "erdagi" hokimiyatdan butunlay o‘zgacha (6:75; 7:185/184; 23:88/90; 36/83).
M. bilan odatda jabarut (ilohiy qudrat) tushunchasi ham bog‘liq. M. va jabarutga inson
aqli bovar qilmaydi, biroq ular predmet sifatida "Quyi", moddiy olamda aks etgan. Ular
mukammallik va doimiylik bilan ajralib turadi, hoz. va kelajak hayot haqidagi bilimlarni
o‘zlarida saqlaydilar. "Olam al-M." (M. olami) va M.ning o‘zi qo‘shimcha sinonim sifatida
ishlatiladi. Jabarut odatda M. va mulk o‘rtasidagi mavqeni egallaydi va M. g‘oyalarini
mulkda amalga oshishida vositachi bo‘lib xizmat qiladi. M., jabarut va mulk Qur’onga
qilingan o‘rta asrlardagi sharxlarda, sunniylar, shialar, so’fiylarning asarlarida ko‘p
uchraydi. Ularni qo‘llashdagi farqlarga qaramasdan, ularning asosiy ma’nosi, mazmuni
odatda o‘zgarishsiz qolgan.