Islom Ensiklopediyasi
www.ziyouz.com kutubxonasi
186
bagashlagan. M. A. ham shoir haqidagi "Boburiya"
risolasini yozib, Hindistonga
jo‘natgan. Shayboniy sultonlari va hokimlari M. A.ni o‘zlarining piri deb bilganlar. M. A.
tasavvuf nazariyasi va amaliyoti, xususan, naqshbandiylik ta’limotini rivojlantirish
sohasida barakali faoliyat ko‘rsatdi. Uning "Asror un-nikoh" ("Nikoh sirlari"),
"Ganjnoma", ("Boylik haqida risola"), "Risolatun sam’iyyatun" ("Samo’ risolasi"), "Bayoni
zikr" ("Zikr bayoni"), "Risola-i silsila-i Xojagon" ("Xojagon silsilasiga oid risola"),
"Me’roju-l-oshiqiyn" ("Oshiklar me’roji"), "Murshidu-s-solikiyn" ("Soliklar murshidi"),
"Risola-i Naqshbandiyya", "Risolatun vujudiyyatun" ("Vujudlar haqida risola") kabi 30
dan ortiq risolasi bor. U o‘z
asarlarida ulamolar, so’fiy shayxlar va davlat arboblari
orasidagi munosabatlarga to‘xtalgan. Tariqat odobu qoidalarida murid va shayx
munosabatlari o‘zaro hurmat-izzat asosida qurilmog‘i lozimligani uqtiradi. M. A. fikricha,
tariqat a’zolari xalqqa yaqin bo‘lib, uning dardlari va ehtiyojlariga qayg‘udosh bo‘lsa, bu
ham tariqatga, ham xalqqa foydalidir. M. A. asarlari Uzbekiston
FA Sharqshunoslik in-ti
xazinasida saqlanmoqda.
Dostları ilə paylaş: