Islom Ensiklopediyasi
www.ziyouz.com kutubxonasi
174
yuboradi. Ularga L. (as) boshliq bo‘ladi, lekin u Allohdan o‘ziga uzoq umr so‘raydi. Alloh
L. (as)ga yettita burgut umriga teng keladigan umr ato etadi. O’rta Osiyo xalqlari
orasida L. (as)
buyuk hakim, dono, bilimdon inson timsoli sifatida mashhur bo‘lgan.
Islom Ensiklopediyasi
www.ziyouz.com kutubxonasi
175
- M -
MAVLAVIYLAR, mavlaviya- so’fiylik tariqati. Taxm. 1240 y.da Jaloliddin Rumiy Ko‘niya
sh.(Kichik Osiyo)da asos solgan. Rumiyni ko‘pincha "mavlono" ("janob") deb atashgan.
Shundan tariqat nomi olingan. Tariqat faoliyati Eron, so‘ngra Turkiya hududi bilan
cheklangan. M. tariqatiga avval shahar aholisining o‘rta
va quyi qatlamlari, keyinroq xos
tabaqalari kirgan. M. o‘z mavlaviyaxona va takyalariga ega bo‘lib, bu yerda zikru samo’
qilishgan. Boshqa tariqatlardan farqli o‘laroq, M. jamoa bo‘lib, musiqa tinglash, kuylash
va gar aylanib zikr tushish marosimiga alohida e’tibor berishgan. M.
fikricha, mutlaq ruh
- Ilohning inson qalbidagi zarrasi musiqa ta’sirida, zikr tushish paytida tiniklashib,
poklanadi, ya’ni o‘z o‘zagaga yaqinlashadi, Allohga o‘z muhabbatini to‘laroq
ifodalashiga
yordam beradi. M. "gardi darvishlar" nomi bilan ham mashhur bo‘lgan. M.ning birinchi
rasmiy boshlig‘i shayx va xalifa unvonini olgan Hisomiddin Hasan Chalabiy (taxm. 1264
y.v.e.) edi. Rumiyning o‘g‘li, Sulton Valad (1226-1312)ni uning vorisi, tariqatning
amaldagi
tashkilotchisi, deb hisoblash mumkin. Sulton Valaddan boshlab M. rahbarlik
lavozimi - asosan katta o‘shi Ulug‘ Orif Chalabiy (1272-1320) orqali -vorislik lavozimiga
aylangan. M. ilk Usmonli turk sultonlari davrida (14-a.) Kichik Osiyo bo‘ylab tarqalib,
juda mashhur bo‘lib ketgan. M. tariqati Turkiyada to 1925 y.ga qadar faoliyat ko‘rsatgan
va shu yili Kamol Otaturk dekreti
bilan tarqatib yuborilib, barcha yerlari, ko‘chmas mulki
va bankdagi mablag‘i musodara qilingan.
Dostları ilə paylaş: