www.ziyouz.com kutubxonasi
167
shunday deb atalgan. Qabila odamlari biron-bir ish kishidan oldin uning oqibati qanday
bo‘lishini K.dan so‘rashgan. Qabiladoshlari Muhammad (sav)ni ham dastlab K. - folbin
deb o‘ylashgan. Qur’on oyatlarida (52:29; 69:42) ularning shubhalariga javoban
Muhammad (sav) K. - folbin ham, majnun ham emasligi alohida ta’kidlangan. Umuman
islom an’anasida K.lar kelajak haqvda yolg‘on so‘zlovchilar sifatida talqin qilinadi. Ularga
qarshi islom tarafidan qattiq kurashish tavsiya etiladi.
KUBRO, Ahmad ibn Umar ibn Muhammad Xivaqiy al-Xorazmiy (laqablari: "Najmiddin"
("Dinning yulduzi"), "Kubro" ("Ulug‘"), "Abduljannob" ("Dunyodan chetlanuvchi, parhez
etuvchi"), "Valiytarosh" ("Valiylarni tarbiyalovchi"); 1145-1221) — shayx, so’fiylikning
mashhur vakillaridan biri, kubroviylik tariqatining asoschisi. Xiva (Xorazm)da tug‘ilgan.
Yoshligidanoq hadis VA kalomni o‘rganadi, ilm istab Misrga boradi U yerda shayx
Ro‘zbixon Vazzon al-Misriydan ta’lim oladi va uning qiziga uylanadi, Keyinchalik Tabriz,
Hamadon, Dizfulga kelib ilohiyotdan saboq oladi. Misrga qaytgach. Ro‘zbixon K. to‘la
komil inson bo‘lib yetishdi deb hisobladi va unga o‘z vataniga qaytishni maslahat beradi.
K. Xorazmga kelgach, xonaqox kuradi va o‘z diniy maktabini yaratadi. K.ning shogirdlari
orasidan tasavvufning tanikli nazariyotchilari, so’fiylik bo‘yicha mumtoz adabiyot vakillari
yetishib chikdi. K. mg‘ul bosqinchilariga qarshi jangda shahid bo‘lgan, Uning qabri
xonaqohi bilan birga Ko‘hna Urganchda. Bilishning K.ga xos tasavvufiy yo‘li bo‘yicha
inson o‘z mohiyati bilan kichik olamdir, u katta olam bo‘lgan koinotdagi barcha
narsalarni va sifatlarni o‘zida mujassamlashtiradi. Ammo, ilohiy sifatlar yuqori samoviy
doiralarda birin-ketin o‘ziga xos maqomlarda joylashganidan, haqiqat yo‘lini qidiruvchilar
bunday kamolotga erishish uchun ma’lum riyozatli yo‘llarni o‘tishlari zarur. K. ana shu
kamolotga erishish asoslarini ishlab chikdi. K. o‘z qarashlarini arab tilida yozgan bir
necha risolalarida bayon etgan. Ulardan asosiylari: "Favoix al-jamol va favotih al-jalol",
"O’n usul", "Risolat al-Xoif al-hoim min lavm al-loim" va b. Bu asarlar arab mamlakatlari
va Turkiyada chop etilgan. 'U Qur’onga so’fiylar nuqtai nazaridan sharh berishni
oxirigacha yetkaza olmadi, bu ishni shogirdlari tugalladilar. Tasavvuf ta’limotining rivoji
va keng tarqalishida katta omil bo‘lgan. K. merosi respublikamizda mustaqillik tufayli
o‘rganila boshlandi. 1995 y.da O’zbekistonda K. tavalludining 850 yilliga nishonlandi.
"Najmiddin Kubro" (Toshkent, 1995), "Sharhi risolayi odobul zokirin" (Urganch, 1997)
kitoblari nashr etildi.