Microsoft Word islom ensik ziyouz com doc



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə201/426
tarix06.07.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#62664
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   426
Islom Ensiklopediyasi

www.ziyouz.com kutubxonasi 
164
KARROMIYLAR - ilohiyot oqimi. 9-13-a.larda Bag‘dod xalifaliganing markaziy va 
sharqiy viloyatlarida tarqalgan. Asoschisi -Abu Abdulloh Muhammad ibn Karrom (806-
869). Seyistonda tug‘ilgan, Nishopur, Balx, Marv, Hirot kabi shaharlarda ta’lim olgan. 5 
yil Makkada istiqomat qilgan. Ibn Karrom o‘z yurtiga qaytayotib, Kuddusda xonaqoh 
barpo qilgan. Seyiston va Xurosonda o‘z ta’limotini targ‘ib qilgani uchun zindonga 
tashlangan. Quddusda vafot etgan. 
K. fikricha xudo - butun borliqning birlamchi asosi, u muayyan jismga ega. Xudo - 
barcha narsalarning yaratuvchisi, ammo inson o‘z faoliyatining natijalariga ta’sir ko‘rsata 
oladi. Mu’taziliylar kabi K. ham inson onga mustaqil ravishda, ya’ni vahiy yordamisiz, 
yaxshilik va yomonlikni farq qilishga qodir, deb uqtirdilar. Shuningdek, murji’iylar singari 
K. biror insonni musulmon deb tan olish uchun u Allohni til bilan e’tirof etsa kifoya, amal 
bilan tasdiqlashi shart emas, deb hisoblaydi. Ya’ni "La iloha illallohu Muhammadun 
rasululloh" kalimasini aytgan har bir inson - musulmondir. Ibn Karromning "Kitob as-
sirr" va "Azob al-qabr" nomli (bizgacha yetib kelmagan) asarlari va "xudo jismga ega" 
degan tushunchasi hukmron islom oqimi ulamolarining keskin tanqidi va ta’qibiga 
uchradi. Mo‘g‘ullar istilosidan so‘ng K. barham topdi. 
 
KASB ("ega bo‘lish", "o‘zlashtirish") - diniy-axloqiy kontseptsiyani anglatuvchi atama. 
Uning tarafdorlari qadariylar va jabariylar ta’limotlariga nisbatan kelishuvchan mavqeni 
tutish maqsadida inson xatti-harakatini Alloh tomonidan "yaratilishi"ni, lekin inson 
tomonidan "o‘zlashtirilishi"ni ta’kidlaganlar. 
 
KAFAN - dafn oldidan marhumning jasadi o‘raladigan oq mato. Islomiy aqidaga ko‘ra, 
musulmon erkak uchun 3 bo‘lak, ayol uchun 5 bo‘lak mato ila K.lab dafn etish tiriklar 
zimmasidagi muqaddas burchlardan (farzi kifoya) hisoblanadi. Klashdan oldin albatta 
mayyit yuviladi. Shahidlar yuvilmaydi va K.lanmaydi, balki o‘z kiyimlari bilan dafn 
etiladi. K.siz ko‘mib yuborilganlar uchun marhumlar emas, balki unga sababchi kishilar 
javobgar sanaladi. 
KAFORAT, kafforat- qilingan gunoh uchun evaz to‘lash yoki gunoh kechirilishi uchun 
beriladigan mablag‘. Mas., har bir musulmon ramazon oyida biron sabab bilan ro‘za 
tutmagan bo‘lsa, evaziga boshqa vaqt ro‘za tutgan. K. tushunchasi shariat ahkomlarvda 
muhim o‘rinni egallab, unda yolg‘on qasam ichish, biror shaxsga nohaq ozor yetkazish 
kabi holatlarda o‘z gunohini yuvish uchun ma’lum mikdorda sadaqa qilish belgilangan. 
Mas., bir kishi biror ishni qilaman yoki biror ishni qilmayman deb Alloh nomi ila qasam 
ichgan bo‘lsa, lekin qilaman deganini qilolmasa, qilmayman deganini qilib qo‘ysa, 
shariatga ko‘ra, u bir qudni ozod qilishi yoki kishini to‘ygazishi yoki kiyintirishi lozim. 
Yuqorida aytilganlarning xech birini qilishga kodir bo‘lmasa, 3 kun ro‘za tutishi lozim. 
Shunda u. Allohning nomi ila ichgan qasaminish uddasidan chiqa olmaganligi gunohiga 
K. bergan bo‘ladi. 

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   426




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin