Parhez stollarini tuzish va buyurish



Yüklə 15,57 Kb.
tarix11.06.2023
ölçüsü15,57 Kb.
#128709
Parhez taomlar. Kasallik turiga qarab beriladigan ovqatlar parhe (1)


Parhez stollarini tuzish va buyurish
Parhez taomlar. Kasallik turiga qarab beriladigan ovqatlar parhez taomlar deyiladi. Ular parhez stollari bilan belgilanib, 15 ta parhez stoliga bolinadi.
Parhez № 1.
Qaytalanuvchi me`da va o`n ikki barmoqli ichakning yara kasalligi, qaytalanuvchi surunkali gastrit, o'tkir gastritning 1-2-kunida qo'llaniladi.
Shuningdek, yuqoridagi kasalliklarning tuzalish davrida ham tavsiya etiladi. Ovqat tarkibi: 4-5 stakan sut, 70-80 gr yog', qaynatilgan 2 dona tuxum, sutli manniy
bo'tqa, meva sharbatlari, quritilgan oq non, tvorog, qaynatilgan go'sht va baliq.
Parhez № 2.
Surunkali gipoatsid gastrit, surunkali enterit va kolitning tuzalish davrida tavsiya etiladi.
Ovqat tarkibi: Yog'siz go'sht, kotlet, baliq, tiftil, meva va sabzavotlar, oq non, pechenye, sariyog', tuxum, qatiq, limon.
Parhez № 3.
Surunkali ich qotganda qo'llaniladi.
Ovqat tarkibi: Qora non, sariyog', o'simlik yog'i, meva va sabzavot, yog'li va go'shtli ovqatlar, grechkali bo'tqa, kefir.
Parhez № 4.
Qaytalanuvchi enterit va kolit kasalligida beriladi.
Ovqat tarkibi: Quritilgan oq non, sariyog', guruchli va manniy bo'tqa, go'shtli, baliqli va tovuq go'shtli ovqatlar, limon choy.
Parhez № 5.
Jigar va o't yo'llari kasalliklari, ularning qaytalanuvchi davrida va pankreatit kasalligida tavsiya etiladi.
Ovqat tarkibi: Biroz qotgan (suvi qochgan) oq yoki qora non, grechkali va sabzavotli bo'tqalar, sariyog', tvorog, kefir, qaynatilgan go'sht, baliq, dimlangan kotlet, quruq pechenye.
Parhez № 6.
Podagra kasalligida qo'llaniladi.
Ovqat tarkibi: Suvi qochgan oq yoki qora non, grechkali va sabzavotli bo'tqa, sariyog', qaynatilgan go'sht, baliq.
Parhez № 7.
Nefrit, piyelonefrit, sistit, uretrit kasalliklarining o'tkir va surunkali, hamda sog'ayish davrida tavsiya etiladi.
Ovqat tarkibi: Sut-qaymoq, tuzsiz non, qaynatilgan go'sht, baliq, sabzavot va mevalar, cheklangan miqdorda tuxum, sog'ayish davrlarida esa sutkasiga 2-3 grammgacha ovqatga tuz qo'shib beriladi.
Parhez № 8.
Semizlik (semirish) kasalligida tavsiya etiladi.
Ovqat tarkibi: Sutli ovqatlar, yog'siz go'sht, sabzavot va mevalar.
Parhez № 9.
Qandli diabetkasalligida qo'llaniladi.
Ovqat tarkibi: Tuxum, sir, pishloq, ko'katlar, shirin bo'lmagan mevalar.
Parhez № 10.
Kompensatsiya holati buzilgan yurak-qon tomirlar tizimi kasalliklarida beriladi.
Ovqat tarkibi: Sutli mahsulotlar, oq va qora non, qaynatilgan yog'siz go'shtli, baliqli sho'rvalar, sabzavotlar va mevalar.
Parhez №11.
Sil,kamqonlik va boshqa qonkasalliklarida beriladi.
Ovqat tarkibi: Yuqori kaloriyali ovqatlar (tuxum, go'sht, baliq). Oqsil sutkasiga 120 grammgacha ko'paytiriladi.
Parhez № 12.
Nerv tizimi kasalliklarida qo'llaniladi.
Ovqat tarkibi: Turli-tuman mahsulotlar, biroq achchiq, sho'r, nordon mahsulotlar cheklanadi,
kofe berilmaydi.
Parhez № 13.
O'tkir yuqumli kasalliklarda tavsiya etiladi.
Ovqat tarkibi: Ko'p miqdorda suyuqliklar (mineral suv, sharbatlar), qaynatilgan sho'rva, tvorog, tuxum sarig'i.
Parhez №14.
Siydik-tosh kasalligida buyuriladi.
Ovqat tarkibi:a) siydikda fosfor cho'kmasi bo'lganda un va go'shtli mahsulotlar miqdori cheklanib, ko'proq loviya, no'xatmahsulotlari beriladi.
b) siydikda oksalat cho'kmalari bo'lganda, bemorga loviya, no'xat mahsulotlari berilmaydi chunki, bular tarkibida shavel kislotasi mavjud.Shuning uchun bemorga olma, nok kabi tarkibida shavel kislotasi kam bo'lgan mahsulotlar beriladi.
Parhez №15.
Sog'lom va kasallikdan sog'aygan bemorlar uchun tavsya etiladi.
Ovqat tarkibi: Turli-tuman mahsulotlar.
Yüklə 15,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin