www.ziyouz.com kutubxonasi
208
MUQQARRABUN (arab. - yaqinlashtirilganlar) - Qur’onda to‘rt bosh farishta (Jabroil,
Azroil, Mikoil, Isrofil)ning umumiy nomi. Islom aqidalarida ular Allohga eng yaqin
farishtalar deb ta’riflanadi.
MUG’AYRA ibn SHU’BA (? - 666) -sahobalardan. Kufadaga saqafiy qabilasidan. Umar
(ra) uni Basra hokimi etib tayinlaydi. Yarmuk jangida bir ko‘zidan ayrilgan, Nihovand va
Qodisiyya janglarvda ishtirok qilgan. Keyin Kufa hokimi bo‘lib, shialar va xorijiylar
orasida yuz bergan fitnalarni bostirgan.
MUG’IYRIYLAR, al-Mug‘iriya - "o‘ta" shialar jamoasi, Mug‘iyra ibn Sa’id al-Ijliy
izdoshlari. Xolid ibn Abdulloh al-Kasriyning Iroqdagi noibligi davrida (724-738) Mug‘iyra
Kufada o‘zini "payg‘ambar", Muhammad ibn Abdullohni mahdiy deb ochiqdan-ochiq
da’vo qilib chiqqan.
Noibning amriga ko‘ra, Mug‘iyra va uning bir guruh izdoshlari qo‘lga olinib, gulxanda
yoqilgan (736 y.). Mug‘iyra tarafdorlari Ja’far as-Sodiqning imomligini tan olmaganlar,
ularning fikricha, imom Muhammad al-Boqir (732 y. v.e.) imomlikni Mahdiy kelishigacha
Mug‘iyraga vasiyat qilgan. 762 y. imomlik uchun kurashda Muhammad ibn Abdulloh
halok bo‘lgan, biroq M. va unga imom sifatida qasamyod qilgan abbosiy shialarning bir
qismi uning vafot etganini inkor etganlar, ularning fikricha, uning qiyofasidagi shayton
o‘ldirilgan, uning o‘zi esa, tog‘larga yashiringan va aynan uning o‘zi, Muhammad (sav)ga
ismdosh bo‘lgani tufayli, Mahdiy sifatida qaytadi. Shundan ularning boshqa bir atalishi -
muhammadiylar kelib chiqqan.
MUHADDIS (arab.- hadis rivoyat qiluvchi) -hadislarni to‘plash, saralash va sharxlash
bilan shug‘ullangan ilohiyotchi. Muhammad (sav) vafotlaridan keyin hadislarni to‘plash
keng an’anaga aylana boshlashi natijasida ilohiyotchilarning bir qismi bu sohada
ixtisoslashgan va ular M.lar deb nom olgan. Hadis to‘plamlari islom an’anasida e’tibor
qozonib, M.lar (mas., Muhammad al-Buxoriy, Muslim'ibn al-Hajjoj, Ibn Moja va b.) islom
tarixida mashhur bo‘lib ketgan. Islomda hadis Qur’ondan keyingi ikkinchi manba
hisoblanadi.