www.ziyouz.com kutubxonasi
223
NOJIYA ("Najot topganlar") - to‘g‘ri yo‘ldan boruvchi, haqiqiy dinga e’tiqod qiluvchi
musulmonlar jamoasi. Hadislarga ko‘ra, Muhammad (sav) musulmonlar jamoasi 73
jamoaga bo‘linib ketadi, shundan 72 tasi "halok bo‘lib" do‘zaxga tushadi va faqat bittasi
"xalos bo‘lib" (najiya) jannatga tushadi, deganlar. Bu - Rasululloh (sav) va u zotning
sahobalari amal qilgan e’tiqodga ergashuvchi ahli sunna val jamoadir.
NOMAHRAM - q. Mahram
NOSUT - oromiycha "inson tabiati". Dastavval "o‘ta" shialar orasida tarqalgan. Ular
Alini, o‘zlarining imomlarini va goyaviy rahbarlarini ilohiylashtirganlar va Alloh yoki
"ilohiy ruh" (ruh iloh) N.ga joylashishi mumkin deb da’vo qilganlar. Bu istilohni
shialardan al-Halloj olgan va uni tasavvuf ta’limotiga singdirib yuborgan. N. va "ilohiy
tabiat" (lohut)ning o‘zaro nisbati masalasi bo‘yicha ko‘p asrlardan beri ulamolar o‘rtasida
munozara davom etib kelmoqda.
NUBUVVAT (arab. - payg‘ambarlik) - shialik ilohiyotiga xos tushuncha, uning 5
aqidasidan biri. Payg‘ambar va uning vazifasini aqida sifatida tan olish va unga ishonish
(q. Shialik).
NUR - ilohiy haqiqat, diniy bilimni ifodalovchi ilohiy nur haqidaga tushuncha. Islom dini
tomonidan qad. dinlardan (yahudiylik, xristianlik) va yunon gaostiklaridan
o‘zlashtirilgan. Qur’onda N. - Allohning o‘zini ham anglatgan ("osmonlar va yer nuri")
(24:35) va Uni o‘z payg‘ambari Muhammad (sav) orqali yuborgan vahiylari nuri (61:8-9:
64:8). Ustiga ustak bu - "toza nur", "nur ustiga nur", uni olovga qiyoslab bo‘lmaydi, u
yerdan tashqarida paydo bo‘lgan. Musulmonlar an’anasida N. - Allohning ko‘plab
sifatlaridan biri.
NUR MUHAMMADIY (fors. nur-i Muhammadiy; "Muhammad nuri") - Muhammad
(sav)ning qalin nur taratuvchi nuqta ko‘rinishidagi ruhlari azaldan mavjud bo‘lganligi
haqidagi ta’limot; oldindan belgilangan barcha ruhlar shundan kelib chiqqan. Bu ta’limot
mualliflari uni Qur’onning "nurli oyati"dan (24:35) olib, uni "ilohiy nur" haqidagi ta’limot
bilan bevosita bog‘lashgan.