Islom Ensiklopediyasi
www.ziyouz.com kutubxonasi
267
mazhabidagi ilohiyotchi va so’fiylar kirgan. Bag‘dodning mashhur
olimlaridan Abdulqohir
al-Bag‘dodiy, Abul Muzaffar al-Isfaroiniy, ular bilan bir qatorda so’fiy-hanbaliy
Abdulqodir Jiloniy as-Solimni al-Halloj qarashlariga xayrihoxligi uchun qattiq tanqid
qilishgan va uni "Allohni insonda mujassam bo‘lishi" (xululiya) tarafdorlari qatoriga
kiritganlar. Bundan ilgariroq uni mashhur so’fiy-shofi’iy Ibn Hafif tanqid qilib "Ibn
Solimni rad etish" (ar-Radd ala Ibn Solim) asarini yozgan.
SOLIK (arab. yo‘lchi, yo‘ldan yuruvchi) -tasavvufda suluk
- tariqatni ixtiyor qilib, uni
o‘zlashtirish harakatiga tushgan, lekin hali biror maqom yoki martabaga erishmagan
murid. S. o‘ziga xos odob-qoidalar majmuiga rioya etsagana,
tariqat ahli sirasidan joy
olgan.
SOLIH (as) - Qur’onda zikri kelgan payg‘ambarlardan biri. Qur’onga ko‘ra, Samud
qavmini hidoyatga boshlash uchun payg‘ambar qilib yuborilgan. Hijoz bilan Shom
orasida Hijr degan joyda yashovchi bu qavm nafsoniy lazzatlarga berilgan, huzurbaxsh
ichimliklar ichib,
shohona uylarda yashab yurar, o‘zlari yasab olgan butlarga sig‘inar edi.
S. (as) ularni yolg‘iz Allohga ibodat qilishga chaqiradi. Biroq qavm hidoyat yo‘liga yurish
o‘rniga S. (as)ni masxara qila boshlaydi, unga qarshi adovatni kuchaytiradi va
haqiqatdan ham payg‘ambar bo‘lsang, bizga mo’jiza ko‘rsat deb da’vo qiladi. Shunda S.
(as) Allohdan o‘ziga bir mo’jiza berishini so‘rab duo qiladi. Alloh S. (as)ning duosini
ijobat qiladi va S. (as) mo’jiza ko‘rsatib xarsang toshdan tuya chiqaradi. Va S. (as)
Samud qavmini mo’jiza qilib berilgan tuyaga ozor
bermaslikka chaqirib, Samud qavmi
suv olib ichadigan havzadan bir kun tuya suv ichishini va bir kun Samud qavmi suv olib
ichishini bildiradi (Qamar surasi 27-28-oyatlar). Ammo, Samud qavmi xiyonat qiladi va
tuyani so‘yib
yuboradi, shuningdek, S. (as) va uning oilasini yo‘qotishga qasd qiladi.
Ammo, osmondan kuchli yashin yuborilib, ular halok etiladi. S. (as) o‘ziga imon keltirgan
kishilar bilan birga Falastindagi
Ramla degan joyga borib, umrining oxirigacha shu yerda
yashaydi (Zoriyot surasi 44-oyat).
Dostları ilə paylaş: