Microsoft Word islom ensik ziyouz com doc



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə327/426
tarix06.07.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#62664
1   ...   323   324   325   326   327   328   329   330   ...   426
Islom Ensiklopediyasi

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • SULUK
SULAYMON BOQIRG’ONIY (taxm. 1186 y. v.e.) - mutasavvif, shoir. Uni "Hakim ota" 
deb ham ataganlar ("Boqirg‘oniy" adabiy taxallusi, tug‘ilgan joyiga ishora). Ahmad 
Yassaviy ta’limotining davomchisi. She’rlarining tili va ruhi A. Yassaviy ijodiga g‘oyat 
hamohang bo‘lib, tasavvuf, din, shariat aqidalari shoirona targ‘ib qilinadi. "Bibi Maryam 
kitobi", "Oxir zamon kitobi" kabi dostonlar muallifi. She’rlari "Boqirg‘on kitobi" nomi bilan 
to‘plam qilingan. Bu kitob 1877 y. va undan keyin yana 2 marta Qozonda, 1991 y. 
Toshkentda nashr etilgan.
SULAMIY, Abu Abdurahmon Muhammad ibn Husayn (937 yoki 942-1021) - Xuroson 
so’fiylik maktabining yirik vakili, ko‘plab asarlar muallifi. Nishopurda tug‘ilgan. S. xirqani 
otasidan olgan, lekin uni so’fiy bo‘lib shakllanishida bobosi Ismoil ibn Nujayd - mu’tadil 
malomatiy katta ta’sir ko‘rsatgan. Hadislar va fiqhni u as-Sibaiy, al-Asamm, ad-
Daraquniy va b.dan o‘rgangan. S. ko‘p sayohat qilgan, jumladan Iroq, Suriya, Hijoz va 
xalifalikning sharqiy viloyatlarida bo‘lgan. Uzoq vaqt Bag‘dodda yashagan. Nishopurga 
qaytib kelib, o‘zining katta uyini kutubxonaga aylantirgan va uni so’fiylar ixtiyoriga 
topshirgan. S. vafotidan keyin ham so’fiylar undan foydalanishni davom ettirganlar. S. 
asos solgan so’fiylar dargohi (duvayra so’fiya) uning nomi bilan atalgan. S. 100 dan 
ziyod asar yozgan, shundan 30 ga yaqini saqlanib qolgan. Eng mashhurlari - "Tabaqot 
as-so’fiya" 9-10-a.lardagi so’fiylar haqida qimmatli manba sanaladi. S. ko‘plab 
shogirddar qoldirgan, ularning orasida uning ishini davom ettirgan al-Kushayriy va 
xurosonlik mashhur tarixchi olim al-Bayhaqiylarni ko‘rsatish mumkin.
SULUK (arab. - yo‘l) - solikning tariqat yo‘lini o‘tish jarayoni. Ilohiy ma’rifatni 
egallashga bel bog‘lagan muridning ruhiy-axloqiy kamolotga erishish yo‘li.
 
SULH (arab. - yarashish, kelishuv) -musulmonlar bilan fath etilgan viloyatlar aholisi 
o‘rtasida tuziladigan tinchlik bitimi; shahar bilan tuzilgan bitim shartlari butun mamlakat 
yoki shaharga tobe viloyatga taallukdi bo‘lgan. Bitimni musulmon lashkarboshi va bir 
necha guvoh, mahalliy aholi nomidan - hokim, shahar komendanti, yepiskop yoki o‘sha 
paytda shaharni boshqarayotgan boshqa shaxslar imzolashgan. S.ga ko‘ra, aholining 
hayoti va mol-mulki daxlsizligi, cherkovlar va shahar devorlari saqlab qolinishi 
kafolatlangan, buning evaziga aholi jizya yoki xiroj to‘lashi, harbiy harakatlarda 
musulmonlarga yordam ko‘rsatishi, tunash uchun joy berishi va uch kunlik oziq-ovqat 
bilan ta’minlashi lozim bo‘lgan. Har bir viloyatdan olinadigan soliq turlicha bo‘lgan. 
Qutayba ibn Muslimning Samarqand bilan tuzgan bitimi (712 y.)da S. shartlari batafsil 
sanab o‘tilgan.

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   323   324   325   326   327   328   329   330   ...   426




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin