Islom Ensiklopediyasi
www.ziyouz.com kutubxonasi
271
deyiladi.
4. "Xalqiy" - tana tuzilishidagi sifatlar. Payg‘ambar (sav)ni ko‘rgan kishilar u zotning
bo‘y-bastlari,
tana tuzilishlari, sochlari, ko‘zlari va b. a’zolarini batafsil vasf qilib
berganlar. Bu ma’lumotlar ham rivoyat bo‘lib muhaddislarga, ular orqali islom ummatiga
etib kelgan. Mas., Imom Termiziyning "Shamoili Muhammadiyya" asari,
aynan shu
masalaga bag‘ishlangan alohida kitobdir. 5. "Xulqiy-axloqiy sifatlar". Sahobai kiromlar
Payg‘ambar (sav)ning sabrlari, hilmlari, shijoatlari, saxiyliklari
kabi barcha axloqiy
fazilatlarini ham rivoyat qilib qoldirganlar. Bu hakdagi ma’lumotlar ham S.ga kiradi.
6. "Tarjimai hol". Payg‘ambar (sav)ning muborak hayotlari. Bu bobga tegashli rivoyatlar
to‘plamini "Siyrat" ham deyiladi. Muhaddis ulamolar ushbu olti bandga tegashli har bir
ma’lumotni atroflicha, chukur o‘rganib, so‘ngra o‘z kitoblariga kiritganlar. S.
islom
uchun, musulmonlar uchun o‘ta muhim manbadir. S. islom shariatida Qur’oni karimdan
keyingi ikkinchi masdar-manba ekanligini Alloh taolo va Uning Rasuli Payg‘ambar (sav)
aytgandir. Bu - musulmonlarning asrlar osha amal qilib kelayotgan ishi. Bu — sog‘lom
aql va tafakkur taqozosi. S. - hadis ma’nosi Allohdan, lafzi Payg‘ambardan bo‘lgan
vahiydir. Dinu diyonat, shariat va b. ma’nolarda Payg‘ambarimiz o‘z
shaxsiy fikrlarini
emas, Allohning vahiysini o‘z iboralari bilan takdim etganlar. S. Qur’oni karim bilan
chambarchas bog‘likdir. Shuningdek, S.ning tarixi Qur’oni karim va islom tarixi bilan
birdir. S. 7-a. o‘rtalarida yig‘ila boshlangan. Bir yarim-ikki asr
davomida hadislar juda
ko‘payib ketgan. Hadisshunoslikning "oltin asri" - 9-a.ga kelib bular tartibga solingan va
din, axloq, fiqhning muqaddas manbaiga aylangan. Bulardan Buxoriy (810-870) va
Muslim (817-875) to‘plamlari eng obro‘li hisoblanadi. S.da tarixiy asosga ega bo‘lmagan
ayrim rivoyatlar mavjudligi bilan birga, arab xalifaliganing dastlabki ikki asrida islom
dinining tadrijiy taraqqiyoti va turli ijtimoiy qatlamlarning axvolini ko‘rsatadigan
tarixiy
ma’lumotlar ham o‘z ifodasini topgan.
Dostları ilə paylaş: