Islom
Ensiklopediyasi
www.ziyouz.com kutubxonasi
277
vaqtida aytiladigan ibora bo‘lmay, ayni vaqtda duo -ibodatning bir shakli ham
hisoblanadi. T. musulmonlar qoidalariga binoan go‘shti taom uchun mo‘ljallangan
molni
so‘yish paytida ham aytiladi. T. iborasi tushirilgan bezak diniy inshootlar (masjid,
madrasa, xonaqox va b.) naqshining asosini tashkil etadi, u amaliy san’atda,
husnixat
ilmida keng qo‘llaniladi. Ilk va o‘rta asrlarda islom mamlakatlarida T. jangchilarning
jangovar da’vati bo‘lib xizmat qilgan. Hozirgi paytdagi musulmon
diniy-siyosiy guruhdar
T.dan shior o‘rnida ham foydalanishadi.
TAK’YAXONA - shia yo‘nalishiga mansub musulmonlar ibodatxonasi, masjidi.
TALAB al-ILM -
ilm izlash, ilmga intilish. T. al-I. har bir musulmonning eng muhim
vazifalaridan ekanligi ma’lum qilingan bo‘lib, asosan hadislar va fiqhni o‘rganishga
qaratilgan; T. al-I.ni konkret shakllari va uni amalga oshirish islomning tegishli yo‘nalishi
(mazhabi)da ilmning ta’rifi va ijtimoiy-tarixiy sharoitlariga bog‘liq bo‘lgan. T. al-I.
uchun
sayohat qilish (rixla) tavsiya etilgan,
munosib yosh deb, garchi ma’lum cheklanishlar
bo‘lmasa ham yoshlik yillari hisoblangan.
Dostları ilə paylaş: