TALOQ (arab. - qo‘yib yubormoq, ajralmoq) - shariatga ko‘ra, nikohning bekor qilinishi.
Er tomonidan shu so‘zning aytilishi xotinni barcha xotinlik majburiyatidan to‘la ozod
qiladi. Bu holatda er tomonidan xotinga berilgan mol-mulk (mahr) xotinda qoladi, er
xotinni idda muddati o‘tguncha moddiy ta’minlab turishi kerak. Shariatda 2-T.dan keyin
ham er-xotinni qaytadan yarashtirishga ruhsat etiladi (Qur’on, 2:229). 3-marta T.dan
keyin esa, shariat bunga yo‘l qo‘ymaydi. T. qilingan xotin boshqa erga chiqishi uchun
belgilangan idda muddatini o‘tashi kerak. Er 3 marta T.dan keyin yarashmoqchi bo‘lsa,
xotin boshqa erga birga yashash niyatida turmushga chiqishi, 2-er xotinni T. qilsa yo
vafot etsa, xotin idda muddatini o‘tagandan so‘ng qayta nikoxlash mumkin. Bolalar onasi
bilan qolishi mumkin, xususan o‘g‘il bolalar 7-8 yoshgacha, qizlar turmushga chiqish
vaqtigacha (13-15 yoshgacha). Mana shu muddat orasida ota ularni moddiy ta’minlab
turmog‘i lozim bo‘ladi.
TALHA ibn UBAYDULLOH (taxm. 594-656) - sahoba, makkalik ilk musulmonlardan.
Asharai Mubashsharadan Quraysh qabilasining Banu Tamim urug‘idan bo‘lgan. Talha
islomga kirgan paytlari mushriklardan ko‘p zulm ko‘rgan. Badr jangidan boshqa ham
g‘azovotlarda Muhammad (sav) bilan birga bo‘lgan. Badr jangida Rasuli Akram uni
quraysh karvoni haqida ma’lumot keltirish uchun Shomga yuborganlari sababli bu
jangda qatnashmagan, biroq o‘ljalardan unga ulush ajratilgan. Uhud jangida, Rasuli
Akramning yonlaridan jilmagan, hatto dushman tarafidan payg‘ambarimizga serpalgan
bir qilichni qo‘li bilan qaytarib, qattiq jarohat olgan. Usmon (ra) vafotidan so‘nggi
voqealarda Oisha tomonida bo‘lgan. Jamal jangi (656)da yaralanib, Basrada vafot etgan.
Talha payg‘ambarimizdan 38 ta hadis rivoyat qilgan.
TANZIH ("poklash", "barcha yaramas va nomunosiblikdan xoli deb hisoblash") - Allohga
nisbatan har qanday tavsiflar (ausaf) va ta’riflar (xudud)ni inkor etishni anglatuvchi
musulmon ilohiyotidagi istiloh; chunki Alloh yaratgan maxluklar orasida Unga o‘xshashi