SULAYMON BOQIRG’ONIY (taxm. 1186 y. v.e.) - mutasavvif, shoir. Uni "Hakim ota"
deb ham ataganlar ("Boqirg‘oniy" adabiy taxallusi, tug‘ilgan joyiga ishora). Ahmad
Yassaviy ta’limotining davomchisi. She’rlarining tili va ruhi A. Yassaviy ijodiga g‘oyat
hamohang bo‘lib, tasavvuf, din, shariat aqidalari shoirona targ‘ib qilinadi. "Bibi Maryam
kitobi", "Oxir zamon kitobi" kabi dostonlar muallifi. She’rlari "Boqirg‘on kitobi" nomi bilan
to‘plam qilingan. Bu kitob 1877 y. va undan keyin yana 2 marta Qozonda, 1991 y.
Toshkentda nashr etilgan.
SULAMIY, Abu Abdurahmon Muhammad ibn Husayn (937 yoki 942-1021) - Xuroson
so’fiylik maktabining yirik vakili, ko‘plab asarlar muallifi. Nishopurda tug‘ilgan. S. xirqani
otasidan olgan, lekin uni so’fiy bo‘lib shakllanishida bobosi Ismoil ibn Nujayd - mu’tadil
malomatiy katta ta’sir ko‘rsatgan. Hadislar va fiqhni u as-Sibaiy, al-Asamm, ad-
Daraquniy va b.dan o‘rgangan. S. ko‘p sayohat qilgan, jumladan Iroq, Suriya, Hijoz va
xalifalikning sharqiy viloyatlarida bo‘lgan. Uzoq vaqt Bag‘dodda yashagan. Nishopurga
qaytib kelib, o‘zining katta uyini kutubxonaga aylantirgan va uni so’fiylar ixtiyoriga
topshirgan. S. vafotidan keyin ham so’fiylar undan foydalanishni davom ettirganlar. S.
asos solgan so’fiylar dargohi (duvayra so’fiya) uning nomi bilan atalgan. S. 100 dan
ziyod asar yozgan, shundan 30 ga yaqini saqlanib qolgan. Eng mashhurlari - "Tabaqot
as-so’fiya" 9-10-a.lardagi so’fiylar haqida qimmatli manba sanaladi. S. ko‘plab
shogirddar qoldirgan, ularning orasida uning ishini davom ettirgan al-Kushayriy va
xurosonlik mashhur tarixchi olim al-Bayhaqiylarni ko‘rsatish mumkin.
SULUK (arab. - yo‘l) - solikning tariqat yo‘lini o‘tish jarayoni. Ilohiy ma’rifatni
egallashga bel bog‘lagan muridning ruhiy-axloqiy kamolotga erishish yo‘li.
SULH (arab. - yarashish, kelishuv) -musulmonlar bilan fath etilgan viloyatlar aholisi
o‘rtasida tuziladigan tinchlik bitimi; shahar bilan tuzilgan bitim shartlari butun mamlakat
yoki shaharga tobe viloyatga taallukdi bo‘lgan. Bitimni musulmon lashkarboshi va bir
necha guvoh, mahalliy aholi nomidan - hokim, shahar komendanti, yepiskop yoki o‘sha
paytda shaharni boshqarayotgan boshqa shaxslar imzolashgan. S.ga ko‘ra, aholining
hayoti va mol-mulki daxlsizligi, cherkovlar va shahar devorlari saqlab qolinishi
kafolatlangan, buning evaziga aholi jizya yoki xiroj to‘lashi, harbiy harakatlarda
musulmonlarga yordam ko‘rsatishi, tunash uchun joy berishi va uch kunlik oziq-ovqat
bilan ta’minlashi lozim bo‘lgan. Har bir viloyatdan olinadigan soliq turlicha bo‘lgan.
Qutayba ibn Muslimning Samarqand bilan tuzgan bitimi (712 y.)da S. shartlari batafsil
sanab o‘tilgan.